Faluda

Faluda – Boburiylar oshxonasiga mansub sovuq desert boʻlib, odatda vermishel (ingichka makaron) bilan tayyorlanadi[1][2]. Kelib chiqishi fors taomi – falude bilan bogʻliq boʻlib, bu desertning turli koʻrinishlari Gʻarbiy, Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda uchraydi[3].

Anʼanaviy ravishda atirgul siropi, vermishel va shirin rayhon urugʻlarini sut bilan aralashtirib tayyorlanadi; koʻpincha ustiga kulfi (hind muzqaymogʻi) qoʻshib tortiladi[4].

Faluda tayyorlashda ishlatiladigan vermishel bugʻdoydan, shuningdek maranta, makkajoʻxori kraxmali yoki sagodan ham tayyorlanishi mumkin[5][6].

Kelib chiqishi

Faludaning mevalar, yongʻoqlar va muzqaymoqli versiyasi
Faludaning Bavarchi nomli maxsus turi
Falooda Juhu Beachdagi doʻkondan, Mumbay, Hindiston
Myanmada tayyorlanuvchi phaluda

Faludaning kelib chiqishi Eronga borib taqaladi. U yerda shunga oʻxshash desert – falude hozir ham mashhur[7]. Bu desert soʻnggi oʻrta asrlarda koʻplab Markaziy Osiyo sulolalari tomonidan XVI–XVIII asrlarda Janubiy Osiyoga olib kirilgan[7].

Faludaning hozirgi koʻrinishi Boburiylar davlati davrida shakllangan va ularning fathlari bilan keng tarqalgan. Boburiylardan keyin hokimiyatni egallagan fors madaniyati taʼsiridagi hukmdorlar ham bu desertni qoʻllab-quvvatlab, uni oʻz hududlariga moslashtirganlar. Ayniqsa Hindistonning hozirgi Haydarobod Dekani va Karnatik hududlarida uning oʻziga xos turlari paydo boʻlgan[2].

Bugungi kunda bu ichimlik Pokiston, Afgʻoniston, Myanma (Birma), Hindiston, Bangladesh va Shri-Lanka oshxonalarining bir qismi hisoblanadi hamda toʻylar va boshqa marosimlarda tortiladi. Shri-Lankada faluda (ෆලුඩා / ஃபலூடா) koʻpincha sutli tetiklantiruvchi ichimlik sifatida keng isteʼmol qilinadi.

Hozirgi holati

Hozirgi kunda faluda koʻplab turlarga ega boʻlib, ular orasida anʼanaviy hududiy variantlar ham, zamonaviylashtirilgan koʻrinishlar ham mavjud. Bangladeshda faludaga pandan oʻsimligi ekstrakti (Pandanus amaryllifolius), xandon pista, sago, kokos qaymogʻi va mango qoʻshiladi. Malayziya hamda Singapurda shunga oʻxshash ichimlik bandung deb ataladi. Hindistonlik muhojirlar orqali Mavrikiy oroliga yetib borgan turi aluda nomi bilan mashhur. Shunga oʻxshash ichimlikni Iroqdagi kurdlar ham isteʼmol qiladi, biroq unda ishlatiladigan vermishel biroz qalinroq boʻladi.

Baʼzi tadqiqotchilar faluda retsepti keyinchalik Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan va butun dunyoga tarqalgan zamonaviy babl ti (pufakli choy) ichimligining yaratilishiga ham maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.

XXI asrda faluda koʻpincha plastik stakanlarda taqdim etiladi; baʼzan ichimlik ustiga bir dona muzqaymoq shari ham qoʻyib bezatiladi.

Koʻchma maʼnoda qoʻllanishi

Hindistoniy tilidagi iboralarda faluda baʼzan parchalab tashlangan yoki butunlay buzilgan narsaga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatiladi. Bu maʼno desert tarkibidagi ingichka vermishel maydalangan holatda boʻlishiga ishora qiladi.

Masalan, kimdir obroʻsini yoʻqotsa, u „izzatim faludaga aylandi“ (hindcha: इज़्ज़त का फ़ालूदा, urducha: عزت کا فالودہ‎) deb aytishi mumkin. Bu ibora taxminan „obroʻyim butunlay barbod boʻldi“ yoki „obroʻyim yer bilan yakson boʻldi“ degan maʼnoga teng[8].

Manbalar

  1. Marks, Gil. Encyclopedia of Jewish Food. HMH, 17 November 2010. ISBN 978-0-544-18631-6. 
  2. 2,0 2,1 „The Royal Falooda“. Eating India. 2017-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
  3. Taylor Sen, Colleen. The Oxford Companion to Sugar and Sweets. Oxford University Press, 2015 — 357-bet. ISBN 978-0-19-931339-6. 
  4. „Falooda Recipe“. Sailu's Food (2015-yil 26-may). Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
  5. „Falooda“. ifood.tv. 2015-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  6. „Falooda Sev Recipe“ (2015-yil 25-may). Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.
  7. 7,0 7,1 Sinaiee, Maryam. „Faloodeh: Persian Rosewater and Lemon Sorbet“ (en-US). The Persian Fusion (2015-yil 10-may). 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  8. India today, Volume 24, Thomson Living Media India Ltd., 1999, 1999, „... Magar this time to izzat ka falooda ban jayega (my reputation will be shot) ...

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.