Eylaton

Eylaton, Shahri Xaybar — ilk temir davriga oid arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 6III asrlar). Andijon viloyati Izboskan tumanidagi shu nomli qishloq hududida joylashgan. Yodgorlik 1932-yil aniklangan boʻlib, shu kungacha B. A. Latinin, Yu. A. Zadneprovskiy, T. G. Obodduyeva, S. Kudratovlar arxeologik qazishmalar oʻtkazganlar. Tekshirishlarga koʻra, E. maydoni 200 ga boʻlib, tashqi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Tashqi E. atrofidagi dala va toʻqayzorlardagi dehqonlar hamda chorvadorlar uchun xavfxatar paydo boʻlganda bir panagoh vazifasini bajargan. 20 gektarga teng boʻlgan ark maydoni ham kuchli devor bilan himoyalangan. Mudofaa devorlari maʼlum reja asosida gʻisht va guvalalardan qurilgan. Devorlarning saqlangan eni 4 m ga, bal. 2,5 m.ga boradi. Mudofaa devorlari boʻylab har 55– 60 m da buris (moʻla) boʻlgan. Burjlar toʻrtburchak shaklda boʻlib (oʻlchamlari 10,5x10 m), umumiy devordan oldinga chiqib turadi. Bu esa ulardan turib har qanday sharoitda shaharga hujum qilayotgan dushmanni aniq moʻljalga olishga imkon beradi. Uyjoylar paxsadan, baʼzida xom gʻishtlardan tiklangan va bitta oila yashashi uchun moʻljallangan. Yashash xonasidan tashqari yordamchi xoʻjalik majmuasi: oʻralar, maydonlar va oʻchoqlar topilgan.

E.ni maʼlum reja asosida, juda mukammal qurilgan ilk shahar va oʻz zamonasining yirik meʼmoriy muhandislik obidasi deyish mumkin. E. hunarmandlar shahri boʻlgan. Unda kulolchilik, toʻqimachilik va qisman temirchilik rivojlangan. Qazishmalar paytida sopol idishlar pishiradigan 2 xumdon (3,3x3,5 m) topilgan. Idishlar xillari, toshqol va koʻplab sopol idishlar parchalariga qaraganda ular kulolchilikda charhsan foydalana boshlagan.

E. Fargʻona vodiysida ushbu davrning iqtisodiy, savdo va maʼmuriy boshqaruv markazi boʻlgan.

Boqijon Matboboyev.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.