Etrusklar

Etrusklar (lotincha: Tiva, oʻzlarini — rasna deb atashadi) — miloddan avvalgi 1-ming yillikda Apennin yarim orolning shim.gʻarbida, qadimda Etruriya (hozirgi Toskana) deb atalgan viloyatda yashagan qadimiy qabilalar. E. — Rim madaniyatidan avvalgi yuksak madaniyat ijodkorlari. Miloddan avvalgi VII asrdayoq E.da yozuv boʻlgan, 10 mingga yaqin qisqa bitiklar maʼlum (qarang: Etrusk tili). E.ning etnogenezi nomaʼlum. Gerodot ularni Lidiyadan kelib, umbrlar yeriga joylashgan deb hisoblasa, Gellanik (miloddan avvalgi V asr) egeylik pelasglar tarmogʻi deydi. Galikarnaslik Dionisiy fikricha, ular mamlakatning tub aholisi boʻlgan. Miloddan avvalgi VII asrda E.ning qalin mudofaa devori bilan oʻralgan shahar qalʼalari boʻlgan, ular keyinchalik iqtisodiy va siyosiy markazlarga aylangan. Ularni shohlar idora etgan. E.ning tarkviniylar sulolasi miloddan avvalgi 616—509 yillarda Rimni idora qilgan. Sentina (miloddan avvalgi 295) va Vadimon koʻli boʻyidagi jang (mil avv. 283)dan soʻng Etruriyaning butun hududi Rimga tobe boʻlgan. E. qadimiy Italiyaning madaniy taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshganlar. Rimliklar ulardan siyosiy tashkilot tizimi xususiyatlarini, armiya tuzilishi va qurollanishi, davlat mansabdor shaxslarining belgilari (insignatsiyalar)ni qabul qilishgan; etrusk mifologiyasi va dini Rim mifologiyasi va diniga kuchli taʼsir koʻrsatgan; yunon yozuvi ham ularga E. orqali oʻtganligi taxmin qilinadi.

Fatxulla Ergashev.

Manbalar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.