Esparset
| Esparset | ||
|---|---|---|
| Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Esparset, bargak — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. 130 dan ortiq yovvoyi turi maʼlum, 75 taga yaqin turi Rossiyaning Yevropa qismida, Oʻrta Osiyo, Kavkazda oʻrmon, choʻl, togʻ mintaqalarida koʻp oʻsadi. Oddiy yoki ekma E., qumloq E.i va Zakavkazye E.i turlari ekiladi. Deyarli hamma turlari chorva mollari uchun yaxshi ozuqa. Oddiy E. ildizi oʻqildiz, tuproqqa 3–6 m chuqurlikkacha kirib boradi. Poyasi oʻtsimon, tik oʻsadi, boʻyi 50—150 sm, egatchali, tukli, ichi, kovak, kam shoxlanadi, 5 — 8 ta boʻgʻimli. Barglari murakkab toq patsimon, ikkita pardasimon yon barglari bor. Guli pushtiqizil, koʻp gulli uzun shingilga yigʻilgan, chetdan changlanadi, mevasi bir urugʻli dukkak, dumaloq, chatnamaydi. Urugʻi loviyasimon, och jigarrang. 1000 ta urugʻi vazni 12—15 g. E. keng tarqalgan ozuqabop oʻsimlik, 100 kg pichanida turlariga qarab 53,5—54 ozuqa birligi va 11,9—12,6 kg protein mavjud. E. gulshiraga boy, 120–170 kg/ga asal yigʻish mumkin. Ekilgan dalalarda tuproqni azot bilan boyitadi (100–200 kg/ga azot toʻplaydi). Sugʻoriladigan yerlarda 150 s/ga pichan olish mumkin.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.