Eshvoy

"ESHVOY" — Xorazm doston noma (kuy)lari asosida yaratilgan kuy va ashulalar nomi. XVIII asrda yashagan mashhur shovotlik Eshvoy baxshi nomiga nisbatan berilgan: "E."ning dastlabki namunasi — "Doston E."ni baxshining oʻzi yaratgan. "E." yoʻllari Xorazm maqomlaridagm Iroq Naqshlariga hamohang boʻlib, ular oʻzbek hamda turkman va qoraqalpoq xalqlari orasida ommalashgan: mas, Eshvoy baxshining shogirdi Suyav baxshi yaratgan "Turkman E.i", dutor uchun bastalangan "E. Urganjiy" va boshqalar "E."ning Kurd kuyi ohanglari asosida yaratilgan "Kurd E.i" ashulasi Oʻzbekistonning barcha hududlarida mashhur. Toʻychi hofiz bastalagan "Fargʻonacha E."ning ashula yoʻli Toshkent va Fargʻona vodiysida tarqalgan boʻlib, oldin xorazmcha ufar usulida, keyinchalik taronalar usulida ijro etilgan. Ayniqsa, uning Muhiddin Qoriyoqubov, Jamolqori Gʻiyosov (oʻz hamnafaslari bilan) ijro talqinlari ommalashgan. "Fargʻonacha E."ning kuy yoʻli yirik shakldagi asaridir.

Mazkur kuyni Sh. Mirzayev Lutfiy gʻazaliga bogʻlab yangi variantini bastalagan (M. Yoʻlchiyeva ijrosida mashhur).

Botir Matyoqubov.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.