Epidermis

Epidermis (yunoncha: ἐπί - epi va δέρμα - derma) - hayvonlarda teri epiteliysining ektodermadan hosil boʻladigan sirtqi qavati. Umurtqasizlarda bir qavat E., yaʼni gipoderma chigʻanoq yoki kutikulani hosil qiladi. Umurtqalilarda E. bazal membrana ustida joylashgan bir necha qavat epiteliydan iborat. Bazal hujayralar ustida 5—10 qavat pixli hujayralar joylashgan. E.ning quyi qavati bazal membrana hujayralari bilan birga oʻsadigan qavatni hosil qiladi. Boʻlinib koʻpayadigan oʻsuvchi hujayralar hisobiga E.ning doimo oʻlib turadigan sirtqi: donador (3—4 qavat boʻlib joylashgan hujayralar), yaltiroq (3—4 qavat boʻlib joylashgan hujayralar) va koʻp qavatli muguz qavat hujayralarga almashinib turadi. Bazal membrana yaqinida joylashgan E. qavati hujayralari silindrsimon yoki kubsimon boʻladi. Sirtqi qavatga yaqinlashgan sari hujayralar yassilashadi va qalinlashib uvalanadi. Odamda E. hujayralari 20 sutkada toʻliq almashinadi. Teri funksiyasi, asosan, E. hujayralarining tuzilishi va xossalari bilan bogʻliq.
Yana qarang
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.