Endometrit

Endometrit (endo… va yunoncha bachadon) – bachadon shilliq qavati – endometriyning yalligʻlanishi. Endometritni septik infeksiya (streptokokk, stafilokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi) va boshqalar mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi. Endometrit soʻzak, sil kasalliklari oqibatida ham yuzaga keladi. Bachadonga infeksiya qon va limfa yoʻllari orqali oʻtadi. Endometrit oʻtkir va surunkali kechadi. Kasallik belgilari abort yoki tugʻruqdan keyin 3—4 kuni yuzaga chiqadi. Bachadonda qon va yoʻldosh qoldiqlarining qolib ketishi kasallik avj olishiga sabab boʻladi. Endometritda bemor isitmalaydi, eti uvushadi, ishtahasi pasayadi, bosh va qorinning pastki qismi ogʻriydi. Oʻtkir endometritda bachadon yumshoq, shishgan, palpatsiyada ogʻriqli, ajraladigan chiqindi hidli boʻladi. Surunkali endometritda hayz koʻrish buziladi. Bachadon qattiqlashgan, kattalashgan, ogriqsiz, undan ajraladigan chiqindi yiringli boʻladi.
Oldini olish. Chilla davrida ayolni infekpiyadan saqlash va toʻgʻri parvarish qilishdan iborat. Davo bemorning ahvoliga, kasallik belgilariga qarab tayinlanadi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.