Emmanuel Macron
| Emmanuel Macron Emmanuel Jean-Michel Frédéric Macron | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1977-yil 21-dekabr |
| Fuqaroligi | Fransiya |
| Partiyasi | Olgʻa |
| Otasi | Jean-Michel Macron[1] |
| Onasi | Françoise Noguès |
Emmanuel Jean-Michel Frédéric Macron – fransuz siyosatchisi va sobiq sarmoyaga oid bankchi, Fransiyaning yangi saylangan 25 chi prezidenti. „Olgʻa“ partiyasining yetakchisi. Fransiyaning sobiq Iqtisodiyot, sanoat va raqam ishlari vaziri boʻlgan. Bu lavozimni Manuel Valls ikkinchi hukumatida 26-avgust 2014-yildan 30-avgust 2016-yilgacha egalagan. Fransiyaning 2017-yilgi prezident saylovida gʻalaba qozongan, shu bilanFransiyaning eng yosh prezidenti boʻldi.
Hayoti
Emmanuel Macron 21-dekabr 1977-yilda Amiens shahrida tugʻilgan. Otasi Jean-Michel Macron shifokor va Picardie Jules Verne Universitetida nevrologiya professor boʻlib ishlagan. Paris-Nanterre Universitetida, Siyosiy tadqiqotlar oliygohida va École nationale d’administration oʻqishni bitirgan.1999-yildan 2001-yilgacha Paul Ricœur yordamchisi boʻlgan. 2004-yildan 2008- yilgacha Iqtisodiyot vazirligida nazoratchi boʻlib ishlagan. 2007- yildan Jacques Attali bilan birga Fransiyaning yaxshi oʻsishi hayʼati boʻyicha lavozimida ishlagan. Rothschild & Cie Banqueda sarmoyaga oid bankir boʻlib ishlagan, shu ishda Moliya Mozarti laqabini olgan.
Siyosiy faoliyati
Fransiyaning 2006 yildan 2009 yilgacha Sotsialistik partiyasida boʻlgan. 2012-yildan 2014-yilgacha François Hollande Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 10-iyun 2014-yili istʼefoga chiqgan va 26-avgustda iqtisodiyot vaziri qilib tayinlangan. 6-aprel 2016-yili Macron „Olgʻa“ partiyasini yaratdi. 16-noyabr 2016-yili Macron Fransiya prezident saylovida qatnashadiganini aytdi. 8-may 2017-yili „Olgʻa“ partiyasini raislik lavozimidan ketdi.
Saylov
Fransiyadagi 2017 yilgi saylovda qatnashgan. U saylovning 1-bosqichida 23,86% ovoz toʻplab 2-bosqichga chiqdi. U bilan Marine Le Pen 2-bosqichga chiqdi. „Olgʻa“ harakati asoschisi Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 66,06 foiz ovoz bilan gʻalaba qildi.[2] . Marine Le Pen esa 33,94 foiz ovoz oldi. Macron Fransiyaning eng yosh prezidenti boʻldi
Oilasi
2007-yilda Macron oʻzining maktabdagi fransuz oʻqituvchisiga uylandi. Brigitte Macron Emmanuel Macrondan 24 yosh katta. Brigittening oldingi eridan 3ta farzandi bor.
Manbalar
Havolalar
| Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.