Emma Marrone
Emma | |
|---|---|
|
Emma 2023-yil oktyabr oyida | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Emmanuela Marrone 1984-yil 25-may [Florensiya]], Italiya |
| Janrlar | |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 2003-hozirgacha |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Veb-sayt | emmamarrone.net |
Emmanuela „Emma“ Marrone (it; 1984-yil 25-may) italiyalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va aktrisa. Emma taxallusi bilan tanilgan.
Bir necha musiqiy guruhlar bilan faoliyat olib borganidan soʻng, u 2010-yil mart oyida Italiyaning Amici di Maria De Filippi realiti-musiqiy tanlovining toʻqqizinchi mavsumida gʻolib chiqqach keng eʼtirofga sazovor boʻlgan. Hamda Universal Music bilan shartnoma imzolagan. 2010-yildan buyon u 7 ta yakkaxon studiya albomi, 1 ta extended play va ellikdan ortiq singl chiqargan. Uning asarlari Italiya singllar charti va Italiya albomlar chartida toʻrt martadan birinchi oʻrinni egallagan hamda Italiyada 2 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
2012-yil fevral oyida u Sanremo Music Festival 2012 tanlovida „Non è l'inferno“ qoʻshigʻi bilan gʻolib boʻldi. Shuningdek, u „Eurovision–2014“ tanlovida Italiya vakili sifatida „La mia città“ qoʻshigʻini ijro etdi va musobaqani 21-oʻrinda yakunlagan.
Emma Thirty Seconds to Mars va Álvaro Soler kabi xalqaro ijodkorlar, shuningdek Elisa, Alessandra Amoroso, Modà, Fabrizio Moro, Vasco Rossi, Giuliano Sangiorgi hamda Roberto Casalino kabi italiyalik sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilgan. Marrone, shuningdek, Elodie va Antonino kabi ijodkorlar uchun qoʻshiq muallifi va prodyuser sifatida ham faoliyat yuritgan.
Manbalar
- ↑ Emma. „Gender Pop“. AllMusic (1984-yil 25-may). Qaraldi: 2014-yil 12-may.
- ↑ „Source 'Rockol', gender Pop Rock“ (it). Rockol.it. 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
- ↑ g. l. p. „The Pop rock of Emma“ (it). la Repubblica (2011-yil 3-iyul). Qaraldi: 2014-yil 12-may.
- ↑ „Emma Marrone“. The profile Engine (2010-yil 19-mart). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.