Emil Caras

Emil Caras
Caras (2023-yilda)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emilian Caras
Tavallud sanasi 1967-yil 21-dekabr (1967-12-21) (58 yosh)
Tavallud joyi Kishinyov, Moldaviya SSR
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor (yordamchi murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1984 RSDyuSShOR Chişinău
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1986 Zarya Bălţi 38 (2)
1986 Nistru Chişinău 10 (0)
1987 Zarya Bălţi 34 (1)
1989 Tighina Bender 26 (0)
1989—1995 Zimbru Chişinău 167 (20)
1995 Spumante Cricova 13 (0)
1996—1997 Zimbru Chişinău 20 (0)
1997 Tyumen 2 (0)
1997—1998 Moldova-Gaz Chișinău 21 (1)
1999 Constructorul Chişinău 4 (0)
1999—2000 Moldova-Gaz Chișinău 31 (0)
Total 366 (24)
Milliy terma jamoa
1991—1995 Moldova 6 (0)
Boshqargan klublari
2003—2008 Dacia Chișinău
2008—2009 Tiraspol
2009 Olimpia
2009 Alania Vladikavkaz (yordamchi)
2010—2012 Kuban Krasnodar (yordamchi)
2012—2014 Dynamo Moscow (yordamchi)
2014—2015 Al-Arabi (yordamchi)
2015 ASA Târgu Mureș (yordamchi)
2015—2016 Jiangsu Sainty (yordamchi)
2016 Kuban Krasnodar (yordamchi)
2016—2017 Al-Nasr Dubai SC (yordamchi)
2017—2018 CFR Cluj (yordamchi)
2018—2019 Guizhou Hengfeng (yordamchi)
2020—2025 Dynamo Kiyev (yordamchi)
2026— Paxtakor (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Emil Caras (1967-yil 21-dekabrda tugʻilgan) – moldovalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Emil Oʻzbekistonning „Paxtakor“ klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Futbolchilik faoliyati

Klub

Emil Kishinyov sport maktab-internatining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyatini 1985-yilda Bălţining „Zorya“ jamoasida boshlagan va oʻsha mavsumda 15 ta oʻyinda maydonga tushgan[1]. 1986-yilda u 23 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan, shundan soʻng, sentyabr oyida[2] Kishinyovdan „Nistru“ klubiga koʻchib oʻtgan va u yerda mavsumni 10 ta oʻyinda ishtirok etib yakunlagan. 1987-yilgi mavsumni yana „Zorya“ jamoasida oʻtkazgan va 34 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

1989-yilda Benderning „Tighina-RShVSM“ jamoasida 26 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1989-yil sentyabr oyida[3] yana „Nistru“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda mavsumni ikkita oʻyinda maydonga tushib yakunlagan. 1990 va 1991-yilgi mavsumlarda mos ravishda 34 ta oʻyinda (bitta gol urgan) va 28 ta oʻyinda maydonga tushgan.

1992-yildan 1995-yilgacha u Moldova chempionatida oʻsha klub, hozirda nomi Zimbru deb oʻzgartirilgan klub bilan oʻynagan. Bu vaqt ichida u 103 ta oʻyinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan. U jamoa bilan toʻrt karra milliy chempion va bir marta Moldova kubogi finalchisi boʻlgan. Keyin u 1995-yilning ikkinchi yarmini Krikovoning Spumante jamoasida oʻtkazdi, 13 ta oʻyinda maydonga tushgan.1996-yilgi mavsumda Zimbruga qaytib kelgan va u yerda 1997-yilgacha oʻynagan. Klub tarkibida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan va klub bilan bir marta milliy chempion, bir marta ikkinchi oʻrin sohibi va bir marta milliy kubok sohibi boʻlgan.

1997-yilda u Rossiyaning Tyumen klubiga oʻtgan, ammo u yerda oʻzini koʻrsata olmagan. Chempionatda atigi ikkita oʻyin va Rossiya kubogida bitta oʻyin oʻtkazgan va avgust oyida jamoani tark etgan[4]. Oʻsha yili u Moldovaga qaytib kelgan va u yerda faoliyatini Moldova-Gazda davom ettirgan. 1998-yil oxirigacha Moldova-Gazda oʻynagan, 21 ta oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urgan.

1999-yil boshida u „Konstruktorul“ jamoasiga qoʻshilgan va ligada atigi toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. U jamoa bilan Kubok finaliga chiqqan va mamlakat vitse-chempioni boʻlgan. Keyinchalik u Moldova-Gazga qaytib kelgan va u yerda 2000-yilda nafaqaga chiqqunga qadar oʻynagan va soʻnggi professional mavsumida 31 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Terma jamoa

U 1991-yildan 1995-yilgacha Moldova terma jamoasida oʻynagan va shu vaqt ichida oltita oʻyinda maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, u murabbiylik bilan shugʻullangagn. 2000-yilda u „Dacia“ jamoasiga taklif etilgan. Ikki yil davomida oʻyinchi-murabbiy, keyinchalik yana ikki yil davomida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan[5]. 2003-yildan 2008-yil oktyabrgacha klub bosh murabbiyi bi’lgan[6]. Dacia jamoasi uning murabbiyligida 2004/05-yilgi mavsumida chempionatda uchinchi oʻrinni, 2007/08-yilgi mavsumda esa ikkinchi oʻringa olgan. Shuningdek, uning davrida jamoa 2004/05-yilgi Moldova kubogi finaliga olib chiqqan va 2006-yilda Moldovada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan[7].

2008-yil dekabrdan 2009-yilgacha u Tiraspol klubida ishlagan[7]. Oʻsha yilning iyul oyi oxirida u qisqa vaqt ichida oʻzining futbolchilik faoliyatini boshlagan Olimpia Bălți[8] jamoasini boshqargan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Caras boshchiligida Olimpia klubi faqat bitta rasmiy oʻyinda maydonga tushgan[9].

2009-yil avgustidan mavsum oxirigacha Vladikavkazning Alaniya klubida Mircea Rednicning yordamchi murabbiyi va tarjimoni boʻlib ishlagan[10]. 2010-yilda u Kubanda[11][12] Dan Petrescuning yordamchisi sifatida ish boshladi, keyinchalik esa Qatarning Al-Arabiy va Xitoyning Jiangsu Sainty klublarida ham Petrescu bilan ishlagan.

Shaxsiy hayot

Emil sobiq sovet futbolchisi va hozirda moldaviyalik murabbiy Ion Carasning jiyani boʻlib, u 1990-yillarda Moldova terma jamoasida ishlagan[13].

Yutuqlar

Oʻyinchi sifatida

Zimbru Kishinyov
  • Moldova chempioni: (5) 1992, 1992/93, 1993/94, 1994/95, 1995/96
  • Moldova kubogi sohibi: 1996/97
  • Moldova chempionati 2-oʻrin sohibi: 1996/97
  • Moldova kubogi finalchisi: 1994/95
Konstruktor
  • Moldova chempionati 2-oʻrin sohibi: 1998/99
  • Moldova kubogi finalchisi: 1998/99

Murabbiy sifatida

Dacia
  • Moldova chempionati 2-oʻrin sohibi: 2007/08
  • Moldova chempionati bronza medali sohibi: 2004/05
  • Moldova kubogi finalchisi: 2004/05

Shaxsiy

  • Moldovada yil murabbiyi: 2006-yil

Manbalar

  1. Emil Caras National-Football-Teams.com saytida
  2. „Состав ФК «Заря» в сезоне 1986 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  3. „Состав ФК «Тигина-РШВСМ» в сезоне 1989 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  4. „Состав ФК «Тюмень» в сезоне 1997 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  5. „Эмил Карас: «Быть тренером сложно, но очень интересно»“ (ru). vedomosti.md (2009-yil 16-yanvar). 2012-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  6. „Новым тренером «Тирасполя» стал Эмил Карас“ (ru). «Спорт-Экспресс» (2008-yil 1-dekabr). 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Эмил Карас — новый главный тренер ФК «Тирасполь»“ (ru). moldfootball.com (2008-yil 1-dekabr). 2012-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  8. „Эмил Карас — новый тренер «Олимпии»“ (ru). moldsport.com (2009-yil 29-iyul). 2012-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  9. „Молдавский специалист Эмил Карас стал тренером ФК «Алания» Владикавказ“ (ru). РИА Новый День (2009-yil 17-avgust). 2013-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  10. „Официальная заявка ФК «Алания» на сезон 2009 года“ (ru). Официальный сайт ПФЛ. 2009-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  11. „Официальная заявка ФК «Кубань» на сезон 2010 года“ (ru). Официальный сайт ПФЛ. 2010-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  12. „Тренерский штаб основного состава“ (ru). Официальный сайт ФК «Кубань». 2011-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.
  13. „ФК «Дачии» — 10 лет!“ (ru). Официальный сайт ФК «Дачия» (2009-yil 12-noyabr). 2012-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-avgust.

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.