Elektromobil

Zamonaviy elektromobillar
Smart Hashtag 3

Elektromobilakkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. XX asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQShda elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Fransiyalik Camille Jenatzy elektromobil tezligini 100 km/soatga yetkazgan. Biroq, tezlikning cheklanganligi va energiya sigʻimining pastligi (20 W/soat kg gacha), akkumulyatorlar batareyasining massasi kattaligi elektromobilning rivojlanishiga toʻsqinlik qiddi. 1960-yillardan boshlab ichki yonuv dvigatel avtomobillardan chiqadigan gaz havoni zaharlashi va shovqinni kuchaytirishi tufayli elektromobildan shahar transportida foydalanishga ehtiyoj ortdi. Elektromobildagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. Elektromobillarning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash stansiyalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi.

Elektromobillar shaharda foydalanishga moʻljallangan; yurish qismi, kuzovi yengillashtirilgan, alohida transmissiyali va akkumulyatorlar batareyalari almashtirish qulay qilib ishlanadi. Akkumulyatorlar batareyalari kuzov ostiga joylashtiriladi, tok dvigatelga tiristorli boshqarish bloklari orqali keladi. Dvigatel yetakchi koʻprikli bloklarga (oldiga yoki orqasiga) yoki kardanli harakat bloklariga, yoxud gʻildiraklarga oʻrnatiladi. Elektromobildan foydalanish shaharlarda shovqinni va havoning buzilishini kamaytiradi, suyuq yonilgʻini tejashga imkon beradi. Elektr energiya suyuq yoki gazsimon yoqilgʻidan bevosita avtomobilning oʻzida hosil qilinadigan elektromobillar ham bor. Elektromobil, asosan, AQSh, Angliya, Rossiyada ishlab chiqariladi. AQSH va Germaniyada bir galgi zaryadi 200 km gacha yoʻl yurishga yetadigan elektromobillarning eksperimental nusxasi yaratilgan (2005). Oʻzbekistonda elektromobilga doir ishlar Toshkent avtomobil yoʻllar institutida olib boriladi.

Manbalar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.