Elektrolit

Elektrolitlar (elektro… va yun. 1u1o8 – eruvchan, parchalanuvchan) – elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda – elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasiga koʻra kuchli elektrolitlar (a 1 ga yaqin) va kuchsiz elektrolitlar (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab elektrolitlar binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. Elektrolitlar fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida elektrolitlar boʻladi. Elektrolitlar koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.
Elektrolit eritmalar deb suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadigan suyuqliklarga aytiladi. Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki oʻtkazilganda sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoniga elektroliz deb ataladi. Elektrolizning mohiyati shundan iboratki, anodda oksidlanish, katodda esa qaytarish jarayoni boradi. Elektrolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalari har xil ishoradagi ionlar boʻlib, ular tartibsiz harakatlanadi. Agar elektrolitlarga yoki suyuqlantirilgan eritmasiga, masalan, NaCl eritmasiga grafitdan yasalgan elektrodlarni tushirib oʻzgarmas tok manbaiga ulansa Na+ ionlari anodga, Cl- ionlari katodga tomon harakatlanadi, Natijada natriy ionlari elektronlar olib qaytariladi: Na+ +e =Na, xlor ionlari esa elektronlar berib oksidlanadi: 2Cl- – 2e = Cl2. Natijada katodda natriy metalli, anodda xlor ajralib chiqadi. 2 Na+ +2Cl- = 2Na + Cl2. Bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi. Anodda oksidlanish, katodda esa qaytarilish jarayoni boradi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.