Edith Xannam
Edith Xannam Margaret (inglizcha: Edith Hannam Margaret; 1878-yil 28-noyabr, Angliya, Buyuk Britaniya ― 1951-yil 16-yanvar, Angliya[1]) ― britaniyalik tennischi edi. U 1912-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, ikki karra oltin medal soʻvindori[2].
Oilaviy hayoti
Edith Margaret 1878-yil 28-noyabrda Glostershir shtatining Bristol shahrida tavallud topgan. U Jon va Julia Bausherning qizi edi, otasi farmasevt boʻlib ishlagan.
Edith 1909-yilda Long Ashtonda Frensis Jon Xannamga turmushga chiqgan. Kapitan unvoni bilan Gloucestershire polkiga qoʻmondonlik qilib, 1916-yil 5-iyulda Frensis Jon Fransiyadagi janglarda halok boʻldi[3].
Tennis martaba
1909-yilda Cincinnati Masters tennis turnirida Xannam yakkalik va aralash juftlik bahslarida gʻolib chiqdi va juftlik bahslarida finalchi boʻldi[4]. U yakkalik chempionligi uchun finalda Marta Kinsini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Edith juftlik finalida Julia Friberg bilan juftlik hosil qildi va Linkoln Mitchell bilan birgalikda aralash juftlik bahslarida gʻolib chiqdi[5].
Shuni etib otish kerakki, 1992-yilga kelib Olimpiadada Xannam daniyalik tennischi Sofi Kastensholdni ikki setda magʻlubiyatga uchratib, ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi[6] va sherigi Charlz Dikson bilan birgalikda aralash juftlik musobaqasida qatnashdi[7]. 1914-yilda hamkori Ethel Larkomb bilan Uimbldonda ayollar juftlik bahslarida finalga chiqdi, ammo toʻgʻridan-toʻgʻri Elizabet Rayan va Agnes Mortonga yutqazdi[8].
Edith Margaret 1951-yil 16-yanvarda Angliya shahrida vafot etgan.
Manbalar
- ↑ https://ru.wikibrief.org/wiki/Edith_Hannam
- ↑ „Edith Hannam Olympic Results“. sports-reference.com. 2011-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-may.
- ↑ Commomwealth War Graves Commission – F J Hannam
- ↑ https://ru.wikibrief.org/wiki/Edith_Hannam
- ↑ https://artsandculture.google.com/entity/m07nv39?hl=ru[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://artsandculture.google.com/entity/m07nv39?hl=ru[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://artsandculture.google.com/entity/m07nv39?hl=ru[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://ru.wikibrief.org/wiki/Edith_Hannam
Havolalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.