Dyuker

Dyuker.

Dyuker (olmoncha: Duker ), qaynama — kanal suvini daryo yoki boshqa kanal oʻzani, chuqur vodiy, yoʻl va shartli toʻsiqlar bilan kesishgan joydan oʻtkazish uchun yotqiziladigan quvur shaklidagi bosimli suv oʻtkazgich. Kanaldagi suv satx,i kesib oʻtiladigan toʻsiq sathiga yaqin boʻlgan va akveduk orqali suvni oʻtkazish mumkin boʻlmagan hollarda qoʻllanadi. Dyuker beton, temir-beton, poʻlat, yogʻochdan qilingan boʻlishi mumkin. Material suv bosimi kuchiga qarab tanlanadi. Bosim 30–50 m boʻlganda betondan, 50–100 m boʻlganda oldindan kuchlantirilgan temir-betondan, 100 m va undan ortiq boʻlgan hollarda va bosimi past boʻlsada, daryo oʻzani ostidan oʻtkazilsa, metalldan quriladi. Yogoch D. uzoq chidamasligi uchun kamdan-kam qoʻllanadi. D. konstruksiyasi boʻyicha bir quvurli yoki koʻp quvurli; shakli (koʻndalang kesimi) toʻgʻri burchakli yoki aylana boʻladi. D. uzunligi kesib oʻtiladigan joyning katta-kichikligiga qarab bir necha oʻn m dan bir necha km gacha boʻlishi mumkin. D. daryo va kanal ostidan oʻtkazilganda maxsus oʻyilgan chuqurlikka yotqizilib, 1 m dan kam boʻlmagan qalinlikda tuproq bilan koʻmiladi. D. suvsiz soyliklarni kesib oʻtganda koʻmilmay, ochiq qoldiriladi. Kanal D. boshi va qaynama uchastkasi bilan ravon birlashtiriladi. Kuvurning loyqa bosishiga yoʻl qoʻymaslik uchun D.da koʻpincha oqim tezligi 1,5—4,0 m/s oraligʻida qabul qilinadi. Oqiziqlar choʻkib toʻplanishini bartaraf qilish maqsadida qum ushlagich va balchiq toʻsgich quduqlar quriladi. D. boshida choʻp-xaslarni ushlab qoladigan panjara oʻrnatiladi. D.ning suv oʻtkazish quvvati muayyan material (yogʻoch, temir-beton, metall)dan yasalgan bosimli quvurlar kabi maxsus gidravlik hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi. D. konstruksiyasi ekspluatatsiya qilish davrida inshootni muntazam kuzatib turish, tuzatish va tozalashni; quvurlar ulangan va D. boshi kanal bilan tutashtirilgan choklardan suv sizmasligini; kanal tozalanayotgan yoki suv bogʻlanmagan davrlarda uni suvdan boʻshatishni taʼminlashi lozim.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.