Domiy

Domiy
Марія Віталіївна Довгаюк
Tavalludi 2000-yil 3-noyabr (2000-11-03) (25 yosh)
Fuqaroligi Ukraina
Taʼlimi R. Glier nomidagi Kiyev musiqa instituti va Kiyev estrada va sirk sanʼati munitsipal akademiyasi
Kasbi qoʻshiqchi, musiqachi, muallif
Mukofotlari YUNA

Mariya Dovgayuk (ukraincha: Марія Віталіївна Довгаюк; 2000-yil 3-noyabrda tugʻilgan), professional taxallusi Domiy — ukrainalik qoʻshiqchi, musiqachi, muallif va oʻz qoʻshiqlarining ijrochisi.

Hayoti

Mariya Dovgayuk 2000-yil 3-noyabrda Verben [uk], Rivne viloyatida tugʻilgan[1][2].

Domiy R. Glier nomidagi Kiyev musiqa instituti va Kiyev estrada va sirk sanʼati munitsipal akademiyasida (imtiyozli diplom bilan) tahsil olgan[1].

Mariya Dovgayuk 2020-yilda Okean Elzy guruhining „Obiimy“ qoʻshigʻiga qilingan kaveri bilan TikTokda debyut qilgan[1]. Keyinchalik oʻz qoʻshiqlarini yoza boshlagan[3].

2025-yil may holatiga koʻra, uning „Nahadai“ qoʻshigʻiga ishlangan videosi 50 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan tomosha qilingan[1]. Mariya Dovgayuk uzoq vaqt davomida YouTubeʼdagi top-100 kliplar reytingida 1-oʻrinni egallagan[3]; Apple Musicʼning Ukraina boʻyicha top-100 reytingida 5-oʻrin[4]. Lux FM [uk] top-10 reytingida 2-oʻrinni olgan[5].

2024-yilda Domiy Tina Karol uchun „Shcho ti narobila“ qoʻshigiga matn va musiqa yozgan. Rossiyaning keng koʻlamli bosqini davrida u ukrainalik mudofaa kuchlari ehtiyojlari uchun mablagʻ toʻplamoqda[1].

Videokliplari

  • „Chi ne tak?“ / „Чи не так?“ (2025)
  • „Tak i ne znayshla“ / „Так і не знайшла“ (2025)
  • „Zviknuti“ / „Звикнути“ (2025)
  • „Ne proyde“ / „Не пройде“ (2024, SHUMEI bilan)
  • „Pro osin“ / „Про осінь“ (2024, SAMCHUK bilan)
  • „Kriz doshi“ / „Крізь дощі“ (2024)
  • „Zabuvayu“ / „Забуваю“ (2024, 100lytsia bilan)
  • „Na porozi“ / „На порозі“ (2024)
  • „Sadok vishneviy kolo xati“ / „Садок вишневий коло хати“ (2024, BARYK bilan)
  • „Ne bulo“ / „Не було“ (2024)
  • „Teplo tak“ / „Тепло так“ (2024)
  • „Nagaday“ / „Нагадай“ (2023)
  • „Nash listopad“ / „Наш листопад“ (2023)
  • „Okean“ / „Океан“ (2023, Roman Skorpion bilan)
  • „Nezalejna dusha“ / „Незалежна душа“ (2023)
  • „Lyubov i lito“ / „Любов і літо“ (2023)
  • „Rani zatsvitayut“ / „Рани зацвітають“ (2023)
  • „Lebedi materinstva“ / „Лебеді материнства“ (2023)
  • „Naliy meni vina“ / „Налий мені вина“ (2023)

Mukofotlari

Yil Yoʻnalish Turkum Mukofotlar Natija Manba
2024 "Ne proyde" qoʻshigʻi uchun (SHUMEI bilan) Yil kashfiyoti Oltin disk Gʻolib [1]
2025 Yil kashfiyoti YUNA Gʻolib [6]

Manbalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.