Deniz Undav

Deniz Undav
Undav Germaniya tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Deniz Undav[1]
Tavallud sanasi 1996-yil 19-iyul (1996-07-19) (30 yosh)
Tavallud joyi Quyi Saksoniya,Germaniya
Boʻyi 1.79 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
VfB Stuttgart
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2006 TSV Achim
2007—2012 Werder Bremen
2012—2014 SC Weyhe
2014—2015 TSV Havelse
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 TSV Havelse 67 (32)
2017—2018 Eintracht Braunschweig II 18 (9)
2018—2020 SV Meppen 69 (23)
2020—2022 Union SG 65 (43)
2022—2024 Brighton & Hove Albion 22 (5)
2023—2024   VfB Stuttgart 30 (18)
2024— VfB Stuttgart 56 (28)
Milliy terma jamoa
2024— Germaniya 13 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Deniz Undav (olmoncha: Deniz Undav ; kurdcha: Denîz Ûndew;) — nemis futbolchisi, Angliyaning „Brighton & Hove Albion“ klubi va Germaniya milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Karyerasi

Undav „Achim“, „Verder“, „Veyxe“ va „Havelse“ klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 25-aprelida „Gannover 96“ning oʻrinbosarlar jamoasiga qarshi oʻyinda Germaniya toʻrtinchi ligasida debyut qilgan [3]. 2-avgust kuni Lyubekga qarshi oʻyinda Deniz Xavelse uchun birinchi golini urgan[4]. 2017-yilda Undav Braunshveygning „Ayntraxt“ klubiga oʻtgan, ammo oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. 2018-yilning yozida Undav Meppenga koʻchib oʻtgan. 30-iyul kuni „Sportfreunde“ ga qarshi oʻyinda u Germaniya uchinchi ligasida debyut qilgan[5]. 22-sentyabr kuni „Untrhaching“ga qarshi oʻyinda Deniz „Meppen“ uchun birinchi golini urgan[6].

2020-yilning yozida Undav Belgiyaning „Union“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 21-avgust kuni Deynzega qarshi oʻyinda u Belgiya Challenge Ligasida debyut qilgan[7]. 25-oktyabr kuni "Brugge Football Club" jamoasining „ikkinchi tarkibiga“ga qarshi oʻyinda Deniz „dubl“ni amalga oshirgan va „Union“ uchun birinchi gollarini urgan[8]. Mavsum oxirida Deniz klubning elitaga chiqishiga yordam bergan. 2021-yil 25-iyulda "Anderlecht (futbol klubi)" ga qarshi oʻyinda u Yupil ligasida debyut qilgan[9]. 21-noyabr kuni Ostendega qarshi duelda Deniz „poker“ qilgan[10]. Mavsum yakunida u klubning kumush medallarni qoʻlga kiritishiga yordam bergan va chempionat toʻpurari boʻlgan.

2022-yil boshida Undav Angliyaning „Brighton & Hove Albion“ klubiga koʻchib oʻtgan, ammo Unionda yana olti oyga ijara asosida qolgan. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil qilgan. Oʻsha yilning yozida Deniz Braytonga qaytib kelgan. 7-avgust kuni "Manchester United F.C." ga qarshi oʻyinda u Angliya Premyer-ligasida debyut qilgan[11]. 24-avgust kuni Angliya Liga kubogi doirasida „Forest Green Rovers“ ga qarshi oʻyinda Denis „Brighton & Hove Albion“ uchun birinchi golini urgan[12].

Terma jamoadagi faoliyati

2024-yilning 14-martida u birinchi marta Germaniya milliy futbol terma jamoasiga Fransiya milliy futbol terma jamoasi va Niderlandiya milliy futbol terma jamoasi terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun chaqirilgan[13]. U 23-mart kuni Fransiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan va oʻyinning 81-daqiqasida Kai Havertzni almashtirgan[14].

Hayoti

Germaniyada Masaki urugʻiga mansub yazidiy oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Turkiya janubi-sharqidagi Şanlıurfa viloyatning Viranshehir shahridan[15].

Yutuqlari

= "Union"

Shtutgart bilan 2024-25 yilgi Germaniya kubogi gʻolibi

  • Challenger Pro ligasi gʻolibi: 2020/21

Shaxsiy

  • Jupile ligasi toʻpurari (25 gol): 2021/2022
  • Jupile ligasining eng yaxshi futbolchisi: 2021/2022
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2023-yil noyabr, 2024-yil yanvar

Manbalar

  1. „2022/23 Premier League squad lists“. Premier League (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  2. „Denis Undav: Overview“. Premier League. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  3. „Ганновер 96 II VS. Хавелсе 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-aprel). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  4. „Хавелсе VS. Любек 5:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 2-avgust). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  5. „Шпортфройнде Лотте VS. Меппен 0:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 30-iyul). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  6. „Меппен VS. Унтрехахинг 3:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 22-sentyabr). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  7. „Дейнзе VS. Юнион 0:2“ (en). soccerway.com (2020-yil 21-avgust). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  8. „Юнион VS. Брюгге II 6:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 25-oktyabr). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  9. „Андерлехт VS. Юнион 1:3“ (en). soccerway.com (2021-yil 25-iyul). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  10. „Остенде VS. Юнион 1:7“ (en). soccerway.com (2021-yil 21-noyabr). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  11. „Манчестер Юнайтед VS. Брайтон энд Хоув Альбион 1:2“ (en). soccerway.com (2022-yil 7-avgust). 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  12. „Форест Грин Роверс VS. Брайтон энд Хоув Альбион 0:3“ (en). soccerway.com (2022-yil 24-avgust). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  13. „Start ins EM-Jahr mit sechs Neulingen und sechs Rückkehrern“ (de). dfb.de. Немецкий футбольный союз (2024-yil 14-mart). 2024-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  14. „Traumstart ins EM-Jahr“ (de). dfb.de. Немецкий футбольный союз (2024-yil 23-mart). 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  15. „OFFICIEEL: Union denkt toch al vooruit en trekt topschutter uit Duitsland aan“ (nl-BE). www.voetbalprimeur.be. 2023-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.