Demitas

Qahva qoshiqlari bilan metall gardishli demitaslar toʻplami

Demitas yoki dmitas yoki demitasse (fransuzcha: demi-tasse — yarim chashka), — turk qahvasi, espresso yoki ristretto tortish uchun moʻljallangan kichik chashka; turk qahvasi tayyorlashda hajm standarti[1][2].

Bunday chashkalar, koʻpincha, kichik qahva qoshiqlari va likopchalar bilan ishlatiladi. Tayyor ichimlikni berishdan oldin chashka odatda isitiladi[3].

Tavsifi

Demitas — hajmi 60-90 millilitr boʻlgan qalin devorli chashka, bu anʼanaviy qahva chashka hajmining yarmiga teng. Koʻpgina hollarda, chashka shakli teskari kesilgan konusga oʻxshaydi, lekin uning ichi tuxum shaklidagi shaklidadir. Devori qalinligi va idish tubi diametrining kamayib borishi ichimlik haroratini uzoqroq saqlashga imkon beradi[4][5][6].

Odatda, bu turdagi chashkalar chinnidan tayyorlanadi. Biroq ularni ishlab chiqarish uchun shisha, keramika yoki zanglamaydigan poʻlatdan ham foydalanish mumkin[4][7].

Demitasning ikkinchi turi — metall gardishli shishadan yasalgan stakanlar[8].

Kapuchino tortish uchun alohida turdagi demitaslar mavjud boʻlib, u katta hajmga ega — taxminan 150 mililitr[9].

Kolleksiyalash

Demitaslar kolleksiya buyumi sifatida xizmat qilishi mumkin. Ushbu chashkalarning Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan 650 donadan iborat eng katta kolleksiyasi Avstraliyaning Ipsvich shahrida joylashgan. Kolleksiya Ipsvich meri Pol Pisasale (inglizcha: Paul Pisasale) tomonidan toʻplangan va 1993-yildan beri Ipsvich shahar kengashida turibdi[10].

Manbalar

  1. С. Е. Першина 2013.
  2. „Что нужно знать о кофейном сервизе?“ (ru). coffeeburg.ru. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
  3. „Демитассе (демитас)“ (ru). coffeeburg.ru. 2020-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
  4. 4,0 4,1 {Web manbasi|url=http://www.coffeeburg.ru/demitasse-demitas/}}[sayt ishlamaydi]
  5. |url = http://kofella.net/vse-o-kofe/chashki-demitasse.html |title = Чашки демитассе |publisher = kofella.net |accessdate = 2016-12-13 |lang = ru}}
  6. {{ |url = http://coffeemap.com.ua/demitasse-demi-tasse-chashka-dlya-espresso/ |title = Демитассе (demi-tasse) – чашка для эспрессо |publisher = coffeemap.com.ua |accessdate = 2016-12-13 |lang = ru}}
  7. {Web manbasi|url=http://coffeemap.com.ua/demitasse-demi-tasse-chashka-dlya-espresso/}}[sayt ishlamaydi]
  8. {|url=http://www.coffeeburg.ru/demitasse-demitas/}}[sayt ishlamaydi]
  9. „Что такое демитассе?“ (ru). findfood.ru. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
  10. „Largest collection of demitasse cups“ (en). Guinness World Records. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.

Adabiyotlarr

  • Pershina S. Ye. Kofe. — M. : „AST“, 2013. — 158 s. — ISBN 987-5-17-080767-3.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.