Dealflow
Bitim oqimi (dealflow) — moliyaviy atama boʻlib, biznes takliflari yoki investitsiya loyihalariga boʻlgan talablarni aks ettiradi. Venchur kapital fondlari, xususiy kapital fondlari, farishta investorlar va investitsiya banklari tomonidan foydalaniladi. Bu atama baʼzan barcha takliflar yigʻindisini ifodalash uchun ham qoʻllanadi. Agar tashkilotning daromadi yuqori va kapital loyihalari koʻp boʻlsa, uning samaradorligi maksimal darajada ortsa, kompaniyaning bitimlar oqimi yaʼni dealflowi „yaxshi“ hisoblanadi[1].
Venchur moliyalashtirishda…
Eng mashhur va muvaffaqiyatli venchur fondlari har oy yuzlab biznes-rejalarni qoʻlga kiritishadi. Odatda venchur fondi ularning 0.25-0.5% nigina moliyalashtiradi xolos. Biznes farishtalari jamiyati odatda oyiga oʻnlab biznes rejalarni qoʻlga kiritishadi. Shuning uchun ham yuqori foizlarda moliyalashtirishadi. (0.5%-1.0%) Agar kompaniya skrining jarayonidan oʻtgan va toʻliq aʼzolikka taklif etilgan boʻlsa, uning moliyalashtirish imkoniyati 18% ga ortadi.
oqim manbalari bilan shugʻullanish
Deal flow bir nechta manbalarga ega boʻlishi mumkin. Eng qimmatli loyihalar koʻpincha tadbirkorlar yoki fond ilgari sarmoya kiritgan kompaniyalardan keladi;bitim uchun sindikat yaratmoqchi boʻlgan boshqa fondlardan; fondning investitsiya mezonlari bilan tanish boʻlgan mutaxassislardan (masalan, huquqshunos va buxgalterlar). Koʻpgina venchur kapital fondlari va biznes farishta jamiyatlari ham „transomda“ biznes-rejalarni qabul qiladilar, yaʼni. moliyalashtiruvchi tashkilot bilan ilgari aloqasi boʻlmagan kompaniyalarning rejalari. Biroq, amalda, bunday „bogʻlanmagan“ rejalar moliyalashtirishni olish ehtimoli ancha past.
Samarali bitimlar oqimini yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun venchur fondlari va biznes farishtalar oʻz vaqtlarining katta qismini biznesni rivojlantirishga bagʻishlaydilar — xabardorlikni oshirish, nutq soʻzlash, blog yuritish va dastlabki bosqichdagi kompaniyalar bilan ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan muloqot qilish. Venchur investorlari va biznes farishtalari muntazam ravishda konferentsiyalar va yarmarkalarda qatnashadilar, ularda kompaniyalar investorlarni oʻz biznesining xususiyatlari bilan tanishtiradilar.
Yana qarang
Manbalar
- ↑ „Definition of deal flow“ (deadlink). Venture Capital Glossary. Funding Post. 2012-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 08-fevral 2014-yil.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.