Dan Bittman
Dan Bittman | |
|---|---|
|
Dan Bittman Holograf guruhi bilan birgalikda 2007-yil 7-iyul kuni Buxarest shahridagi Live Earth tadbirida vaqtida. | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Dan Bittman 1962-yil 29-mart Buxarest, Ruminiya |
| Janrlar | Rok-musiqa |
| Faoliyat yillari | 1980–hozirgacha |
| Guruhlari | Holograf |
| Fuqaroligi | Ruminiya |
Dan Bittman (1962-yil 29-martda tugʻilgan) — ruminiyalik xonanda, qoʻshiq muallifi hamda teleboshlovchi. U Ruminiyaning Holograf rok guruhi yetakchi vokalisti sifatida tanilgan. Bittman Ruminiya nomidan „Eurovision–1994“ tanlovida „Dincolo de nori“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan va 14 ball toʻplagan holda 21-oʻrinni egallagan[1].
Karyerasi
Bittman musiqiy faoliyatini 1980-yillarning boshlarida boshlagan. U dastlab Blitz va Incognito kabi guruhlar tarkibida ijod qilgan.
1984–1985-yillarda Ruminiyaning IRIS rok guruhi yetakchi vokalchisi sifatida faoliyat yuritgan. 1985-yilda esa Holograf jamoasiga qoʻshilgan va guruhning asosiy vokal ijrochisiga aylangan[2].
Bittman Holograf tarkibida faoliyat yuritib, „Holograf 2“ (1987), „Banii vorbesc“ (1992), „Stai în poala mea“ (1995), „Supersonic“ (1998), „Pur și simplu“ (2003), „Taina“ (2006), „Primăvara începe cu tine“ (2009) hamda „Love Affair“ (2012) kabi koʻplab albomlarni taqdim etgan.
1994-yilda Bittman Ruminiya nomidan „Eurovision–1994“ tanlovida „Dincolo de nori“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan[3].
2004–2012-yillarda u TVR 1 telekanalidagi Dănutz SRL dasturini olib borgan[4].
2008-yilda Bittman „The Emperor’s New Groove“ animatsion filmining rumin tilidagi dublyajida qahramonlardan biriga ovoz bergan[5].
Shaxsiy hayoti
Bittman uzoq yillar davomida Liliana Ștefan bilan munosabatda boʻlgan. Ularning Aleksandru, Patrick va Mark ismli uch nafar oʻgʻli bor[6].
Juftlik koʻp yillar birga yashagan boʻlsa-da, rasman nikohdan oʻtmagan. Ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga koʻra, ular 2020-yillarning boshlarida ajralishgan[7].
2015-yilda Bittman ovoz paychalari bilan bogʻliq sogʻliq muammolari sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Shu tufayli uning musiqiy faoliyati bir muddatga toʻxtab qolgan[8].
Bittman yahudiy kelib chiqishiga ega[9].
Diskografiyasi
Blitz guruhi bilan
- 1980 — „Clubul de la ora șapte“ dasturidagi konsert chiqishlar
Holograf guruhi bilan
- Holograf 2 (1987)
- Holograf 3 (1988)
- Holograf 4 (1989)
- World Full of Lies (1990)
- Banii vorbesc (1992)
- Stai în poala mea (1995)
- Holograf 69% Unplugged (1996)
- Supersonic (1998)
- Undeva departe (1999)
- Holografica (2000)
- Best Of — Dimineață în altă viață (2002)
- Pur și simplu (2003)
- Taina (2006)
- Primăvara începe cu tine (2009)
- Love Affair (2012)
- Life Line (2015)
Solo
- Dincolo de nori (1994)
- Și îngerii au demonii lor (2015)
Manbalar
- ↑ „Dan Bittman“. Eurovision Song Contest. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „Dan Bittman“. Discogs. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „Dan Bittman“. Eurovision Song Contest. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „Dan Bittman e regizor, finanţator şi producător la noua sa emisiune“. Libertatea (2017-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „20 de ani de magie de la primul film Disney dublat în limba română“. CineMagia. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „Dan Bittman și familia sa“. Viva!. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „Dan Bittman și Liliana Ștefan s-au despărțit“. Libertatea. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „Dan Bittman, operat la gât“. Adevărul. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
- ↑ „Ce personalităţi de origine evreiască au cunoscut afirmarea în România“. Adevărul. Qaraldi: 2026-yil 18-may.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.