Chopiq

Chopiq, chopiq qilish — agrotexnika tadbirlaridan biri, ekinning qator orasi va ildiz atrofini 8—12 sm chukurlikda yuza yumshatish bilan birgalikda oʻsimlik tupi atrofiga tuproq uyish; Chopiqning asosiy vazifasi — ekin qator oralaridagi begona oʻtlarni yoʻqotish, ildizning rivojlanishi uchun tuproqni yumshatib, qulay namlik va tuproq sharoitini yaratish. Chopiq natijasida pushta va egatlarda hosil boʻlgan ortiqcha namlik yoʻqolib, tuproqqa havo oʻtishi yaxshilanadi, tuproq yaxshi qiziydi, ildizlar yaxshi rivojlanadi, sugʻorilganda ildizlar suvdan yaxshi bahra oladi. Qulay muddatlarda oʻtkazilgan Chopiq dalani begona oʻtlardan tozalaydi. Chopiqdan oldin qoida tarzida ekinlar sugʻoriladi va 2—3 kundan keyin yer yetilishi bilan Chopiq oʻtkaziladi. Kechikib oʻtkazilgan Chopiqda esa tuproq qotib, sifatsiz ishlanadi, oʻsimlik ildizlari kesilib, tuplari yulinib ketadi, tuproq nami behuda sarflanadi. Makkajoʻxori, tarvuz, qovun, bodring, pomidor, baqiajon va boshqa ekinlar hosildorligini oshirishda Chopiqning ahamiyati katta, chunki bu oʻsimliklar Chopiqdan keyin yangi ildizlar chiqarib avj olib oʻsadi. Chopiqning samaradorligi, asosan, uni oʻtkazish muddati va sifatiga boglik.

Yana qarang




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.