Chodir jamol
Chodir jamol — oʻzbek anʼanaviy qoʻgʻirchoqteatriningturi. Unda qoʻgʻirchoklar qoʻlga kiyib oʻynatiladi. Shunga koʻra, u "qoʻl qoʻgʻirchoq" deb ham yuritiladi. Uning tomoshalari asosan kunduzi koʻrsatilgan. Sahnasi koʻpincha qizil yoki sariq tusli qattiq gazlamalardan xaltasimon qilib tikilgan boʻlib, chodir deb ataladi. Qoʻgʻirchoqboz chodir ichiga kirib quyi kismini beliga bogʻlab oladi, boshi uzra turadigan yuqori qismi esa oshiqmashukli bolorchoʻp, ostona, ikkita yon choʻp va tirgovuchlar yordamida toʻrtburchak sahna tusini oladi. Qoʻgʻirchoqboz oʻzi koʻrinmasdan choʻkkalab yoki tik turgan holda chodir ichiga tikilgan choʻntakda taxlab qoʻyilgan qoʻgʻirchoqlardan har gal ikkitasini chiqarib oʻynatadi. Qoʻgʻirchoklar qoʻndirilgan barmoqlar harakatlanishi bilan qoʻgʻirchoqlarga "jon" kiradi. Chodir jamol Oʻzbekiston hududida taxminan V asrda yuzaga kelgan. 14— XVI asrlar keng taraqqiy etgan. U, asosan, real hayotdan olingan voqealarni aks ettirgan.
Polvon Kachal — Chodir jamol teatrining bosh qahramoni. M. Gavrilov, L. A.Perepelitsina va M.Qodirov tomonidan Chodir jamol teatrida oʻynaladigan komediyaning bir qancha namunalari yozib olib, eʼlon qilingan. Shundan eng mukammali va qadimiysi samarqandlik qoʻgʻirchoqboz Quli bobo Novvotovdan M.Qodirov yozib olgan "Polvon Kachal sarguzashtlari" komediyasidir. XX asrda xalq qoʻgʻirchoqbozlari, asosan, Chodir jamol turida ishlab keldilar. Yangi shakldagi professional va havaskor qoʻgʻirchoq teatrining tashkil topishida ham Chodir jamol muhim rol oʻynaydi.
Anʼanaviy Chodir jamol teatrining chodirlari va qoʻgʻirchoqlari muzeylar (Toshkent, Buxoro, Samarqand kabi)da saqlanadi.
Ad.Qodirov M., Xalqqugirchoqteatri, T., 1972.
Muhsin Qodirov.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.