Chigʻir

Chigʻir — 1) yuklarni koʻtarish yoki siljitish uchun moʻljallangan mashina; barabanga oʻraladigan poʻlat arqon (kanat) yordamida amalga oshiriladi. Harakatlantirish turiga koʻra, dastaki yoki mashina (elektr dvigatel, ichki yonuv dvigateli va boshqalar) bilan harakatlanadigan, oʻrnatilishiga koʻra muqim (statsionar) va koʻchma xillarga boʻlinadi. Ch. harakatlantiruvchi kiyem, reduktor, baraban, tormoz va yuk koʻtaradigan egiluvchan element (kanat yoki zanjir) dan iborat. Yuk koʻtaruvchanligi 250 kg dan 20 t gacha, yuk koʻtarish tezligi 0,5–1 m/s. Ch. yuklarni koʻtarish, tushirish, ayrim hollarda gorizontal yoʻnalish boʻyicha tashishda ishlatiladi. Ch.dan koʻtarishtashish mashinasi yoki murakkab kranlarning koʻtarish mexanizmi sifatida foydalanish mumkin; 2) suv sathi sugʻoriladigan yer sathidan pastda boʻlgan joylarda suvni yuqoriga koʻtarib beradigan qad. eng oddiy gidravlik moslama; uy hayvonlari, odam yoki oqar suv kuchi bilan harakatga keltirilgan. Qadimda Misr, Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo va boshqa oʻlkalarning sugʻorish tizimlarida qoʻllangan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, oqar suv kuchi bilan harakatlantiriladigan Ch. Oʻrta Osiyoda (ayniqsa, Xorazmda) 9— XI asrlarda keng tarqalgan.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.