Chigit

Chigit — gʻoʻza urugʻi; terib olingan paxtani qayta ishlab (toladan ajratib) olinadi. Terilgan paxta vaznining 55—60% chigit hissasiga toʻgʻri keladi. Shakli tuxumsimon yoki noksimon, choʻzinchoq yoki kalta, boʻyi 1,5-15 mm, eni (diametri) 1-8 mm, ogʻirligi 70—160 mg, 1000 donasining oʻrtacha vazni 120—140 g; qoʻngʻirjigarrang, qattiq qobiq va magʻiz (yadro)dan iborat. Ustki qavati (poʻsti)dan tola va momiq (lint) ajratib olinadi (qarang Paxta tolasi). Tola va tuklari koʻp keng qismi (toʻmtoq tomoni) xalaza, uch qismi mikropile (chang yoʻli) deyiladi. Chigit murtagi 2 ta urugʻpalla, urugʻpalla ostki boʻgʻin, iddiz qinidan iborat. Foydalanish maqsadlariga koʻra urugʻlik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik chigitlarga boʻlinadi. Bir necha oydan bir ikki yilgacha yaxshi saqlangan chigit fiziologik pishib yetilgan, sogʻlom va unuvchan boʻladi. Bexato va sogʻlom unib chiqishi uchun ivitiladi. Chigitning muhim xususiyati uning epidermis hujayralarida bir hujayrali 20 mm dan 42-44 mm va undan ortiq boʻlgan tolalarning hosil boʻlishidir. Chigit magʻzi tarkibida 24 dan 29 % ga qadar moy bor (qarang Paxta moyi). Oʻzbekiston yogʻmoy sanoati korxonalarida har yili 1,5— 2 million t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogʻi, shulxa (chigit poʻchogʻi), kunjara olinadi. Chigit chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.