Cheremuxa

Cheremuxa
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Cheremuxa (Padus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt yoki butalar turkumi. Boʻyi 2—17 (20) m, diametri 40 sm. Shoxshabbalari keng, kalin, egilib turadigan poyasining poʻstlogʻi kulrangqora, yosh novdalariniki ochiq yashil yoki qiziljigarrang, yaltiroq. Bargi 5—15 sm. Gullari xushboʻy, hidli, 8—12 sm uzunlikdagi shingilga toʻplangan. Mevasi danakli, bir urugʻli, sharsimon kora, yaltiroq, shirin reeavor. May—iyun oylarida gullaydi. Bargi, poʻstlogʻi, guli, mevasi va urugʻida amigdalin glyukozidi bor. Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. 20 turi maʼlum. Shulardan oddiy Cheremuxaning (P.racemosa) ahamiyati katta. Oʻzbekistonda oddiy Cheremuxa va virgi n Cheremuxa manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Poʻstlogʻidan yashil va qoʻngʻir boʻyoq olinadi. Mevasida olma, limon kislota va 5% qand, bargida vitamin C va efir moyi — prunozin bor. Mevasi isteʼmol qilinadi va ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi, shuningdek, ichburugʻga qarshi dori tayyorlanadi[1] .

Manbalar

  1. „Cheremuxa“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Ch-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.