Chakchak

Chakchak
Oʻzbekistonda tayyorlangan chak-chak shirinligi

Chakchak — xamirdan tayyorlanadigan shirinlik turi. Ch. uchun tuxumning sarigʻi togʻorachaga solinib atalanadi va unga tuz, konyak (araq) qoʻshib xamir qoriladi. Xamir bir oz oʻrab tindirilgach, oʻqlov bilan 2 mm qalinlikda yoyilib, turli shakl va oʻlchamlarda kesiladi va qizib turgan yogʻda oz ozdan qovurib olinadi. Boshqa bir idishga asal solib olovga qoʻyiladi. Asal erib suyulgach, shakar qoʻshib yana olovga qoʻyib, qiyom tayyorlanadi. Qovurib olingan xamir qiyomga (sovimasdan) aralashtiriladi va yogʻlangan yuza idishlarga uyub solinib qoʻl bilan bosiladi. Tayyor Ch.ning ustini yongʻoq yoki mayda konfetlar bilan bezatiladi. Ch., asosan, toʻylar, bayramlar, tantanali oilaviy marosimlarda tayyorlanadi.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.