Centiloquium
Centiloquium – (arabcha: Kitāb al-Thamara, yunoncha: Καρπóς, lotincha: Centiloquium, „yuzta iqror“) – yuzta astrologik iqrordan iborat to’plam boʻlib, muallifligi uzoq vaqt davomida Klavdiy Ptolemeyga tegishli deb hisoblangan. Hozirgi vaqtda olimlar muallifni Ptolemey taqlidchisi deb atashadi[1].
Tavsifi
Centiloqiumning asli kelib chiqishi nomaʼlum. Mavjud qoʻlyozmalar Vizantiya yunon tilida, forsiy, ivrit, lotin va suryoniyda yozilgan boʻlib, arab tilidagi matnga tayanadi. Ammo u ham oʻz navbatida qisman qadimgi yunoncha yoki pahlaviy tilidagi matnga asoslangan boʻlishi mumkin degan fikr ham bor.
Tadqiqotchi R.Lemey arabcha matn muallifi Centiloquium sharhlovchisi Abu Jafar Ahmad ibn Yusuf (10 asr) ekan degan fikrni olgʻa surgan. U oʻz traktatini Ptolemeyning ishi deb koʻrsatgan deb taxmin qilgan. Ammo boshqa tadqiqotchilar bu tahminni koʻp bora rad etishgan.
Oʻrta asr Yevropasida Centiloqiumning lotin qoʻlyozmalari juda keng tarqalgan. Tadqiqotchi Devid Juste Centiloqiumni oʻzining „Lotin tilidagi eng mashhur 50 astrologik matn“ roʻyxatida ikkinchi oʻringa qoʻygan (birinchi oʻrinni Alkabitiyoning „Liber introductorius“ asari egallagan)[2].
Rim papasi Sixtus IV (1414-1484) ning qabrida, Antonio del Pollayolo tomonidan yaratilgan, oʻnta erkin sanʼat personifikatsiyasi tasvirlangan. Astrologiya personifikatsiyasi oldida ochilgan ikki kitobda Centiloqiumdan toʻrtta aforizm (3, 4, 33 va 8-aforizmlar) yozilgan boʻlib, muallifi oʻsha davrlarda Klavdiy Ptolemey deb hisoblangan.
Centiloqium aforizmlariga oʻz sharhlarini Gіovannі Pontano (1512) va Luka Gauriko (1542) qoldirgan. Ular Georgiy Trapezundiy (1395-1472) tomonidan amalga oshirilgan arabcha tarjimaga asoslangan. Yangi „Tetrabiblos“ Ptolemeyning tarjimalarini nashr etish bilan birga sharhlangan Centiloqium 16-asr astrologiyasidagi reformistlik yoʻnalishining bir qismiga aylandi, bu davrda astrologlar „qadimgi sanʼatning eng yuksak ifodasi deb hisoblangan Ptolemeyning haqiqiy tabiatini qayta ochishga“ va „arab xurafatlari hamda sehrli vasvasalardan astrologiyani tozalashga“ intilishgan[3].
Asarlari va tarjimalari
Lotin tilida
- Georgius Trapezuntius In Claudii Ptolemaei centum Aphorismos Commentarius. – Joan. Gymnicus, 1544.
Ingliz tilida
- Coley, Henry Chap. 20. Ptolomy’s Centiloquium Englished // Clavis Astrologiae Elimata. Key to the Whole Art of Astrology. – London, 1676. – p.315-329.
- Liber Fructus or Centiloquium: The 100 Aphorisms attributed to Ptolemy (trans. by JM Ashmand and John Partridge) // Renaissance Astrology.
Rus tilida
- Tsentilokvium (Psevdo-)Ptolemeya // Suщnost astrologii v 300 aforizmax: Tsentilokviumi Ptolemeya, Germesa i Betema. – LitRes, 2021.
Manbalar
- ↑ „‘Pseudo-Ptolemy, Kitāb al-Thamara’“ (10-dekabr 2020-yil). 2024-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
- ↑ Boudet J.-P.. The Medieval Latin Versions of Pseudo-Ptolemy’s Centiloquium: A Survey // Ptolemy’s Science of the Stars in the Middle Ages.. Brepols Publishers, 2020 — 283-304-bet.
- ↑ Ornella Pompeo Faracovi.. Astrology IV: 15th-19th Century // Dictionary of Gnosis & Western Esotericism.. Koninklijke Brill NV, 2006 — 130-131, 134.-bet. ISBN ISBN 978 90 04 15231 1.
Adabiyotlar
- Boudet J.-P. The Medieval Latin Versions of Pseudo-Ptolemy’s Centiloquium: A Survey // Ptolemy’s Science of the Stars in the Middle Ages : [angl.]. – Brepols Publishers, 2020. – S. 283-304.
- Rovati Emanuele. ‘Pseudo-Ptolemy, Kitāb al-Thamaraʼ (angl.). Ptolemaeus Arabus et Latinus. Works. (10 dekabrya 2020). Data obraщeniya: 11 maya 2021.
- Richard Lemay ‘Origin and Success of the Kitāb Thamara of Abū Jaʿfar Aḥmad ibn Yūsuf ibn Ibrāhīm from the Tenth to the Seventeenth Century in the World of Islam and the Latin Westʼ, in Ahmad Y. al-Hassan, Ghada Karmi and Nizar Namnum (eds), Proceedings of the First International Symposium for the History of Arabic Science (Aleppo, April 5-12, 1976), Aleppo: Institute for the History of Arabic Science, 1978, vol. II, pp. 91–107
- Ornella Pompeo Faracovi. Astrology IV: 15th-19th Century // Dictionary of Gnosis & Western Esotericism. – Koninklijke Brill NV, 2006. – S. 130-131, 134. – ISBN 978 90 04 15231 1.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.