Cadú
|
Cadú 2014-yilda Sheriff Tiraspol jamoasi bilan birga | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Carlos Eduardo de Fiori Mendes | ||
| Tavallud sanasi | 1986-yil 31-avgust | ||
| Tavallud joyi | Andradina, São Paulo, Braziliya | ||
| Boʻyi | 1.77 m | ||
| Ampluasi | hujumkor yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2005–2007 | Porto Alegre | 0 | (0) |
| 2007–2009 | Zeta | 51 | (15) |
| 2009–2013 | Red Star Belgrade | 80 | (21) |
| 2013–2016 | Sheriff Tiraspol | 58 | (11) |
| 2016–2017 | Akhaa Ahli Aley | 13 | (5) |
| 2017–2019 | Balzan | 34 | (5) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Carlos Eduardo de Fiori Mendes (1986-yil 31-avgust, Andradina, São Paulo, Braziliya) – Cadu nomi bilan tanilgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati
Yoshlikdagi Faoliyati
Cadú Braziliyaning Andradina shahrida tugʻilgan. U oʻzining professional futboldagi faoliyatini oʻz yurtidagi Campinas Futbol Klubi va Porto Alegri klublarida boshlagan[1]. Cadú 2007-yilning yozida Braziliyani tark etib, Chernogoriyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Chernogoriyaning Birinchi Ligasida oʻynaydigan FK Zeta klubiga qoʻshildi. Keyingi ikki mavsumni shu jamoada oʻtkazdi[2].
Red Star Belgrade
Cadú va Sávio 2007—2009-yillarda bitta klubda toʻp surgan. Ular dastlab Porto Alegreda, soʻngra Zetada birga oʻynashgan. 2009-yil iyun oyida esa ikkalasi ham Serbiyaning Red Star Belgrad klubi bilan shartnoma imzolashgan[3]. Cadú Red Star bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi va har mavsumda 200 000 yevro miqdorida maosh olishi belgilandi[4]. Cadú 2009-yilda jamoaga qoʻshilganidan beri UEFA Yevropa Ligasiga saralash bosqichlarida Red Star Belgrade uchun muhim oʻyinchi boʻlib keldi. Cadú klub safida UEFA musobaqalarida ilk golini Yevropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichida Dinamo Tbilisiga qarshi oʻyinda urdi[5]. 2010—2011-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichi, pley-off va uchinchi saralash bosqichida Cadú Slovan Bratislavaga qarshi oʻyinda gol urdi[6]. 2012-yil 5-may kuni oʻtkazilgan Belgrad derbisida Red Star klubi oʻzining azaliy raqibi Partizanni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Kadú 90-daqiqada 20 metrdan uzoqroq masofadan hal qiluvchi golni kiritib, jamoasiga gʻalaba keltirdi[7]. Cadú Red Star klubidagi faoliyatining yakunida jamoa tarixidagi eng koʻp gol urgan va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan xorijlik futbolchiga aylandi.
Sherif Tiraspol
Cadú 2013-yilning 17-iyunida Red Star klubi bilan shartnomasi yangilanmaganidan soʻng, „bosman qoidasi“ (bosman qoidasiga koʻra evropa Ittifoqidagi futbolchilar shartnoma muddati tugagach, transfer toʻlovi toʻlamasdan boshqa klubga oʻtish mumkin) asosida Sheriff Tiraspol klubiga oʻtdi[8]. 2013—2014-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichida Cadu FK Sutjeska Nikšićga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda Sheriff klubi uchun oʻzining birinchi golini kiritdi. Oʻyin 5:0 hisobi bilan yakunlandi[9]. Cadú 2013—2014-yilgi mavsum davomida Sheriffning Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi va Tiraspolda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Tromso darvozasiga gol kiritdi. 2016-yil 21-martda Cadú oilaviy sharoit tufayli Sheriffni kutilmaganda tark etishga majbur boʻldi[10].
Statistikasi
- 2016-yil 10-dekabr holatiga ko‘ra[11]
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Qitʼaviy | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
| Red Star Belgrade | 2009–2010 | Superliga | 21 | 3 | 3 | 1 | 4 | 2 | 0 | 0 | 28 | 6 |
| 2010–2011 | 26 | 5 | 4 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 32 | 6 | ||
| 2011–2012 | 20 | 11 | 2 | 0 | 4 | 1 | 0 | 0 | 26 | 12 | ||
| 2012–2013 | 13 | 2 | 0 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 16 | 2 | ||
| Umumiy | 80 | 21 | 10 | 1 | 13 | 4 | 0 | 0 | 102 | 26 | ||
| Sherif Tiraspol | 2013–2014 | Divizia Națională | 23 | 7 | 3 | 0 | 11 | 2 | 1 | 0 | 13 | 13 |
| 2014–2015 | 18 | 3 | 3 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 30 | 9 | ||
| 2015–2016 | 18 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 21 | 5 | ||
| Umumiy | 59 | 11 | 6 | 0 | 19 | 3 | 3 | 1 | 87 | 15 | ||
| Jami | 139 | 32 | 16 | 0 | 32 | 7 | 3 | 1 | 189 | 41 | ||
Yutuqlari
Sherif Tiraspol
- Moldova milliy divizioni: 2013—2014
- Moldova Superkupasi: 2014
Red Star
- Serbiya kubogi: 2009—2010, 2011—2012
Manbalar
- ↑ Profile in Zerozero (portugalcha)
- ↑ com_joomleague/Itemid,121/func, showPlayer/p,1/pid,402/ Profile at fscg.co.me (Wayback Machine saytida 9 June 2009 sanasida arxivlangan) (serbcha)
- ↑ „Nova brazilska veza – Kadu i Savio“ (Serbian). crvenazvezdafk.com (2009-yil 25-iyun). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
- ↑ D. Nikolić. „Blic Sport: Otišao Zvezdin stranac-rekorder: Kadu bez obeštećenja prešao u Šerif“ (Serbian) (via Wayback Machine) (2013-yil 14-iyun). 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Crvena zvezda – Dinamo Tbilisi
- ↑ Slovan Bratislava – Crvena zvezda
- ↑ Kadu za pobedu Zvezde u 93. minutu at Večernje novosti, 5 May 2012 (serbcha)
- ↑ Mozzart Sport (Serbian): ZVANIČNO: Kadu postao šerif (Wayback Machine saytida 20 June 2013 sanasida arxivlangan) 17 June 2013
- ↑ [1] Sportske: LŠ – „Petarda“ kraj Bistrice, ispao Helsinki (serbcha) 23 July 2013
- ↑ [2] FC Sheriff: Brazilian midfielder Kadu left FC Sheriff. 21 March 2016. Retrieved 19 August 2016
- ↑ „Cadú“. Socerway. Qaraldi: 2015-yil 29-oktyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.
