Buzoq


Buzoq — sigirning 6 oylikkacha boʻlgan bolasi. Yirik zotli buzoq ogʻirligi tugʻilishda 35–45 kg, mayda zotlisining ogʻirligi 25–35 kg boʻladi. Buzoq tugʻilishi bilan ogʻizburnidagi shilimshiq sochiq bilan artiladi, tugʻilganda kindigi uzilmagan boʻlsa qorin tomondan 10—12 sm qoldirib kesiladi, kesilgan joyiga yod eritmasi surtiladi, soʻngra yalab tozalash uchun onasi oldiga qoʻyiladi. Tugʻilgandan keyin 1—1,5 soat oʻtgach, birinchi marta onasiga emdiriladi. B. chorvachilik fermalarida quruq, toza poxol toʻshalgan katakda birinchi hafta ichida ogiz suti bilan boqiladi. Soʻngra umumiy buzoqxonaga koʻchirilib, alohida katakda, keyin 5—6 buzoq birgalikda saqlanadigan kataklarda boqiladi. 20 kunlik boʻlguncha sutkasiga 6—8 l dan qaymogʻi olinmagan sut bilan, 30 kunlik boʻlganda bunday sut kamaytirilib, sun’iy sut bilan boqiladi. Ikkinchi oʻn kunlikdan boshlab sifatli oʻt, mayin pichan, uchinchi oʻn kunlikda aralash ozuqalar yeyishga urgatiladi. Ikki oyligidan esa B.lar ratsioniga ildizmevalar, yaxshi silos, aralash yem, tuz va boshqa qoʻshiladi. Yaxshi parvarishlangan va soglom B.lar vazni 6 oyligida 125–150 kg ga yetadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
- [1] (Wayback Machine saytida 2011-12-02 sanasida arxivlangan)
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.