Butadiyen

Butadiyen, divinil, CH2=CH-CH=CH2 — organik birikma; qoʻlansa hidli rangsiz gaz. Mol. m. 54,09. Suyuqlanish temperaturasi — 108,9°, qaynash temperaturasi 4,5°. Zichligi 621 kg/m3 (20°). Suv, spirtda yomon, kerosin va organik erituvchilarda yaxshi eriydi; havo bilan portlaydigan aralashma hosil qiladi. Qoʻsh bogʻlari borligidan vodorod, galogenlar, galogenvodorodlar va boshqa elektrofil reagentlarni biriktirib oladi: CH2=CH-CH=CH2+Vg2"SN2Vg CH=CH—CH2Vg. Butadiyen oson polimerlanib, qimmatli kauchuklar (butadiyen kauchuklar, butadiyennitril kauchuklar, butadiyenstirol kauchuklar, vinilpiridin kauchuk) hosil qiladi. Neftni qayta ishlash gazlari bilan yoʻlakay gazlardagi normal butan va butilenlarni katalitik degidrogenlash yoʻli bilan butadiyen olish sanoatda eng samarali usuldir. Etil spirt bugʻini degidratlovchidegidrogenlovchi katalizator yuzasidan oʻtkazish yoʻli bilan ham butadiyen olinadi. Butadiyen neft mahsulotlarini piroliz kilish gazlaridan etilen va boshqa olefinlar ishlab chiqarishda ham hosil boʻladi. Butadiyen sintetik kauchuklar olishda asosiy monomerlardan biri sifatida, plastmassa sanoatida, xloropen, butilenglikol va boshqa organik moddalar sintez qilishda ishlatiladi[1].

Manbalar

  1. "Butadiyen" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.