Budjet
Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) – bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shakli hisoblanadi.
Taʼrif
- davlat budjeti – moliyaviy rejalar tizimida yetakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi:
- davlat budjeti – moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari – daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi;
- davlat budjeti – davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.
Davlat budjetining mohiyati
- davlat budjeti – davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
- budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.
Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari koʻrinishiga ega boʻladi.
Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti – bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.
Byudjet (ing. budget – hamyon, mablagʻ) – belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. Budjet davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. Budjetni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. Budjetda harajatlarning daromadlardan ortib ketishi budjet taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (qarang budjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining „Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14 dekabr) bilan tartibga solinadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
- Origin of the word(ingl.)
- Byudjet[sayt ishlamaydi](rus.)
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.