Braxma

Braxma — Vedalar adabiyotida Xudoning yaratish qudrati ato etilgan buyuk farishta. Braxmaga moddiy koinotni, undagi barcha tirik va notirik mavjudotlar bilann birga, yaratish vazifasi yuklatilgan. U 100 yil umr ko‘radi. Uning bir kuni Kalpa deb ataladi va har biri to‘rt yugadan iborat ming davr davom etadi. Bu to‘rt yuga: Satya-yuga, Treta-yuga, Dvapara-yuga va Kali-yuga deb ataladi. Satya-yuga 1.728.000y., Treta-yuga 1.296.000 y., Dvapara-yuga 864000 y. va Kali-yuga 432000 y. davom etadi. Braxmaning tuni ham ming kalpa davom etadi. Braxmaning 100 ylik umri Yerdagi vaqt hisobi bo‘yicha 311trillion 40 million y.ga teng. Shundan keyin Braxma o‘zi yaratgan koinot bilan birga yana mavhumlik holatiga o‘tadi. Braxma - hinduizmda Vishnu va Shiva bilan birga trimurti, ya’ni ilohiy troitsa (uchlik)ni tashkil qiluvchi xudolardan biri. Braxma dastlab dunyoni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy xudo sifatida namoyon bo‘lgan. So‘nggi davrlarda hinduizmda troitsaning boshqa ikki a’zosi oldinga o‘tib, Braxma oxirgi o‘rinni egallagan[1].

Manbalar

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 93.

Adabiyotlar

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1. 

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.