Boysun

Boysun
shahar
38°12′44″N 67°11′56″E / 38.21222°N 67.19889°E / 38.21222; 67.19889
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
{{{tuman_turi}}} Boysun tumani
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Aholisi
 (2005)
23,7 ming
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Boysun xaritada
Boysun
Boysun

Boysun – Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi shahar (1975-yildan), Boysun tumani markazi. Boysundan Termizgacha boʻlgan masofa 145 kilometrni tashkil etadi, eng yaqin temiryoʻl stansiyasi Elbayongacha – 72 kilometr. Ketmonchopti togʻining janubiy yon bagʻrida, Hangaronsoy boʻyida, dengiz sathidan qariyb 1240 metr balandlikda. Shimoliy qismida Sariosiyo va Avlod qishloqlariga tutashgan. Aholisi 23,7 ming kishidan iborat (2005).

Tarixi

Boysun Surxondaryo viloyatidagi eng qadimiy aholi manzillaridan. Boysunning shimoli-gʻarbida Teshiktosh gʻori joylashgan. Boysunda miloddan avvalgi taxminan 5-ming yillik oxirida aholi yashaganligi maʼlum. Miloddan avvalgi I asrdan – milodiy I asrgacha Boysun oʻrnida Poikalon nomli mustahkam qalʼashahar mavjud boʻlgan. Milodiy VI—XIII asri boshlarida Boysun oʻrnida Chagʻoniyon shaharlaridan biri – Bosand joylashgan. Abu Isʼhoq Istahriyning „Kitob masolik va almamolik“ („Mamlakatlar yoʻllari toʻgʻrisida kitob“)ida ham Bosand deb taʼriflangan. "Hudud ulolam"da Bosand koʻp sonli va jangovar aholili mustahkam joydir, deyilgan. Bosand Chagʻoniyon markazidan Temir qapigʻ orqali Samarqandga boradigan savdo yoʻli ustida joylashgan. Uylarning tashqi tarafi rang-barang matolar – soʻzana bilan bezatilgan. Devorlar yonidagi stollarda sopol idishlar va ehtiyot qismlar mavjud.Boysun (Wayback Machine saytida 2021-05-24 sanasida arxivlangan)

Arxeologik manbalarga koʻra, Bosandda hayot ilk oʻrta asrlardan moʻgʻullar istilosigacha davom etgan. Moʻgʻullar bosqinida vayron boʻlgan shahar keyinroq qayta tiklangan. Boysun mavzesi "Zafarnoma"da ham qayd etilgan. XIX asrda Boysun Buxoro amirligi davrida Surxondaryodagi uchta beklikdan birining markazi boʻlib, unda badavlat oʻzbek aholisi yashagan.

Etimologiyasi

Chigʻatoy ulusi tarkibiga mansub koʻchmanchi turk qavmlari unga „Boysun“ deb nom berganlar. „Boysun“ atamasi qadimiy turkiycha „boy“ va „sin“dan olinib, „ulugʻ togʻ“ yoxud „katta togʻ“ maʼnosini anglatgan. Qadimiy turkiy qavmlarda boshqa narsalarga sigʻinishlar qatorida toqqa sigʻinish ham mavjud boʻlib, togʻlar muqaddas sanalgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, bu yerda qadimdan turkiy qavmlarning badavlat kishilari yashagan boʻlib, „Biysun“ atamasi „boylar qishlogʻi“ maʼnosini anglatgan.

Transporti, infratuzilmasi

Boysunning janubiy qismidan viloyatlararo avtomobil yoʻllari oʻtgan. Shahar aholisi kulolchilik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik, duradgorlik, kosibchilik, qandolatchilik bilan shugʻullanadi. „Ishonch“ aksiyadorlik jamiyati korxonasida asosan shoyi, jumladan abrli atlas, beqasam, trikotaj kiyimlar, toʻnchoponlar tayyorlanadi. Boysunda 5 umumiy taʼlim maktabi, sport va musiqa maktablari, mehribonlik uyi, 2 kinoteatr, 6200 oʻrinli stadion, klub, 10 kutubxona, 2 poliklinika, qishloq vrachlik shoxobchalari, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, oʻrmonchilik xoʻjaligi bor. Boysunning oʻrtasidan Hangaronsoy kesib oʻtgan.

Madaniyati

Boysunda mashhur „Shalola“ va „Shiru shakar“ folklor-etnografik ansambllari faoliyat koʻrsatmoqda. Bular YUNESKOning Umumjahon nomoddiy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi. „Alpomish“ dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash munosabati bilan Boysunda dam olish va sport inshootlariga ega boʻlgan "Alpomish" bogʻi, "Alpomish" muzeyi tashkil etildi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.