Bosmillar

Bosmillar, basmillar ―(xitoy manbalarida, boʻma, bila, xe la — ola, chavkar ot degani) — toʻqqiz oʻgʻuz qabilalaridan biri. Xitoy manbalarida dastlab Suy xoqonligi (581—618) davrida tilga olinadi. Bosmillar Beshbaaiq shahrining janubidan to Baykalgacha boʻlgan hududda yashashgan. Xitoy manbalarida Bosmillar atamasi ularning otlari chavkar boʻlganligidan olingan deyiladi. Bosmillar asosan chorvachilik, ovchilik va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan. VII asrda B.ning 5 ta katta urugʻdan iborat kabila ittifoqi tashkil topib, uning 30 ming saralangan qoʻshini, 300 ming oti boʻlgan. VIII asrdan uygʻur va Bosmil boshchiligidagi toʻqqiz oʻgʻuzlar Koʻk turk xoqonligiga qarshi qudratli kuchga aylangan. Bosmillar yetakchi boʻlgan uygʻur va qarluq qabilalari birlashmasi Koʻk turk xoqoni Oʻzmish (740—742) ni oʻldirib Bosmil xoqonligi (742—744) ni tuzishgan. Bosmillar boshligʻi Elteris qogʻon unvoni bilan taxtga oʻtiradi. Xoqonlikning sharqiy qismini uygʻurlar egallab, ular soʻl yobgʻu, gʻarbiy qismiga qarluqlar joylashib ular oʻng yobgʻu deb nomlangan. Xitoy Bosmillar xoqonligi bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari oʻrnatishga intilgan. Uygʻurlar soʻnggi turk xoqoni Boʻlmish (Baymi, 742—745)ni oʻldirib, soʻngra qarluklar bilan birga sobiq ittifoqchilari B.ga hujum qilishgan, Elteris xoqon oʻldirilgan. Natijada Bosmil xoqonligi tugatilib, Bosmil tarqab ketganlar. Oltoy bilan Tangritogʻ (Tyanshan) oraligʻida yashaydigan Bosmil keyinchalik Uygur xoqonligi tugatilgach, Idiqut xonligini tashkil topishida ishtirok etgan. XI-XII asrlarda Bosmillar Qoraxoniylar davlati hududidagi boshqa turkiy qabilalar bilan aralashib yashaydilar.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, 1j., T., 1960; Malyavkin A. G., Tanskiye xroniki o gosudarstvax Sentralnoy Azii, Novosibirsk, 1989.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.