Borliq

Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiy predmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy borliq, obyektiv ideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va hokazo), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi.

Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va boshqa ning realligini bildiradi; u makon va zamon harakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq (gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi. Platon unda chin, xususiy „real“ borliq ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi borliq dan muayyan borliq farq qiladi. Geraklit fikricha, hech qanday qotib qolgan borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan borliq bor. Metafiziklar „haqiqiy“ borliq transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud narsalarning yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar. J. Berkli, D. Yum borliq faqat subyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar borliq ni qandaydir dunyoviy ruhning, gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan Gegel falsafasida borliq mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib boruvchi dastlabki, bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliq ni ruhmahsuli sifatida qarash XIX asr oxiri — XX asr boshidagi falsafaga ham xos L. Feyerbax, A. I. Gersen, N. G. Chernishevskiy borliq obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar. Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, borliq ning obyektivligini eʼtirof etadilar. Borliqning eng muhim xususiyati — moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi zamon ontologiyasiga koʻra, borliq — barcha mavjudotning turli tuman koʻrinishlari bilan aynandir.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.