Boksitlar

Boksitlar (frans. bauxite, Janubiy Fransiyada dastlab B. katlamlari topilgan LeBo joy nomidan) — alyuminiy rudalari. Asosan alyuminiy gidroksidi (28—80%), temir oksidi va boshqa komponentlar aralashmasidan iborat. B.ning asosiy kimyoviy komponenti glinozyom (A12O3), doimiy tarkibiy qismi temir oksidi (Fe2O3). Rangi toʻq qizil, jigarrang, kulrang. Boksitlar 1,8— 3,1; qattiqligi tarkibidagi temir oksidiga qarab 3—6. B. tuzilishiga kura qattiq, jipslashgan va baʼzan uvalanuvchan boʻladi. B. konlari asosan nordon, ishqorli va asosli jinslarning lateritlm nurashidan yoki dengiz va koʻllarda glinozyomning koʻp toʻplanishidan paydo boʻladi. B. mineralogik tarkibiga qarab 2 turga boʻlinadi: 1) diasporbyomitli B., 2) gidrargillitli (gibbsitli) B. Birinchisi koʻproq geosinklinal konlarida, ikkinchisi platforma konlarida uchraydi. B. — alyuminiy olinadigan xom ashyo, shuningdek undan boʻyoq, abraziv va oʻtga chidamli materiallar olinadi. B. foydalanishga yarokli boʻlishi uchun tarkibidagi glinozyomning kremniy oksidiga nisbati 2,6 baravar ortiq, glinozyom esa 28% dan kam boʻlmasligi kerak. B. konlari Ukraina (Krivoy Rog)da, Rossiya Federatsiyasi (Ural, Sibir), Qozogʻistonda bor. Bu konlarda mayda korund zarrachalari uchrab turadi. Oʻzbekistonda B. va uning oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan korund katlamlari Shim. Fargʻona, ChatqolQurama va Nurota togʻlarida, Qizilqumdagi Tomdi togʻida topilgan. Xorijda asosan Avstraliya, Yamayka, Surinam, Gayana mamlakatlarida koʻplab qazib chiqariladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.