Bogʻlovchi
Bog'lovchi (grammatikada) — yordamchi soʻz. Gap va gap boʻlaklarini bir-biriga bogʻlaydi. Bogʻlovchi ishlatilishiga koʻra, yakka Bogʻlovchilar („va“, „ammo“, „lekin“, „agar“, „chunki“, „uchun“ va boshqalar), takrorlanuvchi UYUSHIQ BÒLAKLAR („baʼzi“, „bir“, „goh“, „yo“ va boshqalar) ga boʻlinadi. Bogʻlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʻra, teng bogʻlovchi va ergashtiruvchi bogʻlovchilarga ajratiladi. Teng bogʻlovchilar „va“, „hamda“ — biriktiruv bogʻlovchilarga („bahor keldi va daraxtlar uygʻondi“); „ammo“, „lekin“, „birok“, „balki“ — zidlovchi bogʻlovchilarga („u ishga bordi, biroq ishlamadi“); „yo“, „yoki“, „yoxud“, „goh... goh“, „dam... dam“ — ayiruvchi bogʻlovchilarga („dam havo ochiladi, dam yomgʻir yogʻadi“); „na... na“ — inkor bogʻlovchilarga („na yomgʻir yogʻadi, na havo ochiladi“) boʻlinadi. Biriktiruvchi bogʻlovchining vazifasini „bilan“ koʻmakchisi, „ham“, „da“, „u“ („yu“) yuklamalari ham bajarishi mumkin. „U“ („yu“) yuklamasi zidlovchi bogʻlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi bogʻlovchi koʻpincha bosh gapga qoʻshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʻlab keladi. Ular — „ki (m)“ — aniqlov bogʻlovchi („deydilarkim, oyda ham dogʻ bor“); „chunki“, „shuning uchun“, „negaki“, „toki“ — sabab va maqsad bogʻlovchi („keldi, shuning uchun quvondim“); „goʻyo“, „goʻyoki“ — chogʻishtiruv Bogʻlovchi („u tik agʻanadi, goʻyo ostidan kesilganday boʻldi“); „agar“, „basharti“, „garchi“ — shart va toʻsiqsizlik bogʻlovchi („agar kelsa, gaplashaman“)larga farqlanadi[1].
Manbalar
- ↑ "Bogʻlovchi" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.