Bitumlar
Bitumlar (lot. bitumen — tog smolasi, qatron) — uglevodorodlar va ularning azotli, kislorodli, oltingugurtli hamda tarkibida metall tutgan hosilalarining qattiq yoki smolasimon aralashmalari. B. suvda erimaydi, benzol, trixloretan va boshqa organik erituvchilarda toʻliq yoki qisman eriydi. Zichligi 950–1500 kg/m3. Tabiiy B.— qazilma yoqilgʻilarning tarkibiy qismi. Ularga neft zaxiralarida mutanosiblikning buzilishi natijasida neftning kimyoviy yoki biokimyoviy oksidlanishidan hosil boʻladigan tabiiy hosilalari, mas, asfalt, keritlar, maltalar, ozokeritlar va boshqa kiradi.
Sunʼiy (mexanik) B.— neft, toshkoʻmir va slaneslarni kayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan koldik mahsulotlar. Tarkibi tabiiy B.ga yaqin. Neft B.iga eruvchanligi turlicha boʻlgan quyidagi guruhlar kiradi: 1) asfaltenlar (eng yuqori molekulali neft birikmalari) — xloroformda yaxshi eriydi, spirt, efir, atsetonda er.imaydi; 2) asfaltogen kislotalar — spirtda, xloroformda eriydigan, benzinda yomon eriydigan smolasimon moddalar; 3) neytral smolalar — neft moylari, benzol, efir, xloroformda eriydigan moddalar; 4) neft moylari; 5) karbenlar (yuqori molekulali moddalar) — asfaltenlarning oltingugurt ishtirokida zichlashuvi natijasida hosil boʻladigan moddalar; 6) karboidlar — organik erituvchilarda erimaydigan moddalar. Asfaltenlar B.ning qattiqligi va yumshash haroratini, smolalar ularning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatini, moylar esa sovuqqa chidamligini oshiradi.
Torf, toshkoʻmir va slaneslarni spirtbenzol aralashmasi (1:1) bilan qayta ishlash jarayonida 10—12% miqdorida B. hosil boʻladi. Bunday B. sariq, jigarrang yoki qora rangli kattik moysimon yoxud smolasimon moddalar boʻlib, ularning elementar tarkibida 75—87% uglerod va 7—12% vodorod boʻladi. B. va ular asosida olingan mahsulotlar (asfaltbetonlar, asfaltpolimerbetonlar, ruberoidlar, bitum loklar, bitum emulsiyalar, germetiklovchi moddalar va boshqalar) aerodromlar va avtomobil yoʻllari yuzasini koplashda, platinalar, kanallar va yoʻl qurilishida, quvurlar yuzasini qoplashda, elektr texnikasida, turli kabel va izolyatsiya materiallarini tayyorlashda, tom yopish materiallari sifatida va boshqalarda qoʻllanadi.
Rustam Maʼrupov.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.