Bismilloh

Bismilloh (arabcha: بِسْمِ ٱللَّٰهِ), Bismillohir rahmonir rahim (arabcha: بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ — „Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan“; diniy manbalarda „basmala“ nomi bilan ham yuritiladi) — islomda koʻp tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan aytiladigan oyat.
Qurʼonning hamma suralari (9-suradan tashqari) shu kalima bilan boshlanadi. Bu oyat xudo bandalariga rahmli (rahim), mehribon (rahmon), musulmonning har bir harakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi.
Qurʼon tilovatida bismilloh oldidan „Aʼuzu billohi minashshaytonir rajim“ (arabcha: أعوذ بالله من الشيطان الرجيم — „Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman“) ham qoʻshib aytiladi. Buni har qanday ish va xatti-harakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli boʻlish mazmunida ham talqin etadilar va albatta jannatga yoʻlning dastlabki amallaridan biridir. Bismilloh maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham yoziladi[1].
Manbalar
- ↑
„Bismilloh“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
| Vikiiqtibosda Bismillohga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Vikiomborda „Basmala“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
| Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.