Bethany Firth
| Bethany Firth | |
|---|---|
|
Bethany Firth 2016-yilgi Rio Paralimpiyasida | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Ayol |
| Fuqaroligi | Britan |
| Tavallud sanasi |
1996-yil 14-fevral Seaforde, County Down, Shimoliy Irlandiya |
| Boʻyi | 172 cm |
| Sport | |
| Mamlakat | Buyuk Britaniya |
| Qaysi sport | para-suzish |
| Pozitsiyasi |
|
| Klubi | Ards suzish klubi |
Bethany Charlotte Firth (tugʻilgan sanasi: 14-fevral 1996-yil) – shimoliy irlandiyalik paralimpiya suzuvchisi. 2014-yildan beri u Buyuk Britaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashadi. Ilgari Bethany Firth Irlandiya sharafini himoya qilgan. Olti karra Paralimpiya oltin medali sovrindori boʻlib, u oʻzining asosiy suzish usuli boʻlgan 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida Irlandiya sharafini 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida va Buyuk Britaniya sharafini 2016 va 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida himoya qilib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Bularga qoʻshimcha ravishda, 2020-yilgi Paralimpiada oʻyinlardagi aralash 4 x 100 metrga erkin usulda suzish estafetasi S14 toifasi va 2016-yilgi Paralimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya nomidan qatnashib 200 metrga aralash usulda suzish va 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida gʻolib boʻlgan. Musobaqalar davomida, u uchta oltin va bitta kumush medal bilan mamlakatning eng muvaffaqiyatli paralimpiyachisiga aylangan. Musobaqalarda Bethany Firth intellektual nogironligi boʻlgan sportchilar uchun S14 toifasida qatnashadi[1].
Shaxsiy hayoti
Bethany Charlotte Firth 1996-yil 14-fevralda Shimoliy Irlandiyaning Down okrugidagi Seaforde shahrida tugʻilgan. Uning otasi Piter oʻqituvchi va sobiq cherkov vaziri, onasi Lindsey esa hamshira boʻlgan. Bethany Firth xristian va Xristian Fellowship Church aʼzosi[2]. Charlotte Dundonalddagi Longstone maktabida tahsil olgan.
Bethany Firthda oʻrganishda qyinchilik tugʻdiradigan qisqa muddatli xotira yoʻqotish kasalligi mavjud[2]. Shuning uchun bahslarda u S14 toifasida qatnashadi.
Suzish faoliyati
2012-yil 31-avgustda Bethany Firth, oʻzining birinchi Paralimpiadasida Irlandiya vakili sifatida, 2012-yilgi London paralimpiada oʻyinlarida S14 toifasida 100 metrga chalqancha usulda suzish finalida oltin medalni qoʻlga kiritgan[3][4]. Qisqa xotiraga ega boʻlgan Bethany Firth, bu musobaqaga qadar atigi uch yil davomida suzish bilan shugʻullangan.
Firth 2013-yilgi XPQ Suzish boʻyicha jahon chempionatida uchta kumush medalga sazovor boʻlgan[5].
Xuddi shu yilning oxirida u musobaqadan tashqari muddatni oʻtab boʻlgach, milliy termani almashtirish va Irlandiya oʻrniga Team GB tarkibida suzish niyatini eʼlon qilgan[6], chunki Team GBda boshqa S14 suzuvchilari oʻrganishda qiyinchilikka uchraydiganlar ham boʻlib, Bethany ular bilan yaxshiroq rivojlanishi mumkin edi[7]. Keyingi yili u Shimoliy Irlandiya sharafini 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida himoya qilgan va nogiron boʻlmagan sportchilar bilan yettita musobaqada bahslashgan[8].
2015-yil mart oyida Bethany Firth XPQ jahon chempionatiga saralashda S14 100 metrga brass usulda suzish boʻyicha jahon rekordini yangilagan[9]. Bethany Firth musobaqadan bir necha kun oldin mashgʻulot paytida bilagi sinib qolgani sababli jahon chempionatida qatnasha olmagan[10].
2016-yil 26-aprelda, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga saralash bosqichida, Bethany Firth S14 toifasida 200 metrga erkin usulda suzishda yangi jahon rekordini oʻrnatgan[11]. Glazgoda boʻlib oʻtgan Britaniya Para-Xalqaro musobaqasida u 2:03.70 natija qayd etgan[11].
2016-yil 8-sentyabrda Bethany Firth 2012-yilda qoʻlga kiritgan S14 toifasidagi 100 metrga chalqancha usulda suzish natijasini Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ham qayta namoyish etgan. U buni Paralimpiada GB tarkibida qatnashayotganda 1:04.05 lik vaqt natijasi, jahon rekordi vaqti bilan amalga oshirgan va gʻalaba qozongan[12]. U shuningdek, ayollar 200 metrga erkin usulda suzish S14 bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[13] va ayollar 200 metrga aralash usulda suzish SM14 musobaqasida[14] va ayollar 100 metrga brass usulda suzish SB14 bahslarida kumush medallariga sazovor boʻlgan[15].
2020-yilgi Tokio Paralimpiadasida Bethany Firth oʻz unvonini 100 metrga chalqancha usulda suzish S14 bahslarida himoya qildi[16] va shuningdek, aralash 4 x 100 metrga erkin usulda suzish estafetasi S14da oltin medalni qoʻlga kiritdi[17]. Bundan tashqari, u ayollar 200 metrga erkin usulda suzish S14 musobaqasida kumush medalni[18] va ayollar 200m aralash usul SM14da ham yana bir kumush medal bilan taqdirlandi[19].
Bethany Firth suzish sportidagi fidokorona xizmatlari uchun 2017-yilgi Yangi yil mukofotlarida Britaniya Imperiyasi ordeni aʼzosi (MBE) etib tayinlandi[20][21] va suzish sportidagi xizmatlari uchun 2022-yilgi Yangi yil mukofotlarida Britaniya Imperiyasi ordeni ofitseri (OBE) darajasiga erishdi[22][23].
Bethany Firth shuningdek, 2017-yilda Belfast Qirolicha universitetidan faxriy doktor unvonini olgan.
Tan olinishi
Bethany Firth 2019-yilda BBCning 100 ta ayoli roʻyxatiga kiritilgan[24].
Yana qarang
- 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Irlandiya
- 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari oltin pochta qutilari
Manbalar
- ↑ Betani Firth (Wayback Machine saytida 23 November 2016 sanasida arxivlangan). rio2016.com
- ↑ 2,0 2,1 Bell, Stephanie. „Bethany Firth: Our golden girl“. Belfast Telegraph (2014-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
- ↑ „NI's golden girl Bethany Firth 'over the moon' with Paralympic gold“. BBC News (2012-yil 31-avgust). Qaraldi: 2012-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Bethany Firth“. london2012.com. 2012-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Third silver for Firth at IPC World Championships in Montreal“. BBC Sport. Qaraldi: 2014-yil 25-noyabr.
- ↑ „BBC Sport – Bethany Firth: Swimmer switches from Ireland to Great Britain“. BBC Sport (2013-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 25-noyabr.
- ↑ David Kelly. „Golden girl Bethany Firth in surprise switch to GB“. Belfast Telegraph (2013-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
- ↑ Simon, Nic.. „Firth enjoys first action on equal terms alongside world's elite“ (2014-yil 26-iyul). Qaraldi: 2015-yil 16-avgust.
- ↑ Luney,Graham.. „Golden girl Bethany Firth is on top of the world“ (2015-yil 27-mart). Qaraldi: 2015-yil 16-avgust.
- ↑ „Injured Bethany Firth ruled out of IPC World Championships“. BBC Sport (2015-yil 2-iyul). Qaraldi: 2005-yil 16-avgust.
- ↑ 11,0 11,1 „Bethany Firth, Eleanor Simmonds Set World Records at Para-International“. swimmingworldmagazine.com (2006-yil 26-aprel). Qaraldi: 2016-yil 26-aprel.
- ↑ Sport, Disability. „Rio Paralympics: Bethany Firth secures gold medal in world record time“, BBC Sport. 9 September 2016. Retrieved on 9 September 2016.
- ↑ „Relive a magical day for ParalympicsGB“. BBC Sport (2016-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Paralympics 2016: Day 10“. BBC Sport (2016-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Rio 2016 Results: Swimming“. International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Tokyo Paralympics: Dan Pembroke, Bethany Firth and Ben Watson win golds for Great Britain“. BBC Sport (2021-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Tokyo Paralympics: Maisie Summers-Newton and mixed relay team add swimming golds“. BBC Sport (2021-yil 28-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Tokyo Paralympics: Bethany Firth takes silver in S14 200m freestyle final“. BBC Sport (2021-yil 27-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Tokyo Paralympics: Swimmer Reece Dunn sets world record to win third gold of Games“. BBC Sport (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ „New Year's Honours list 2017“. Gov.uk. Government Digital Service (2016-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 31-dekabr.
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ „New Year Honours 2022: Jason Kenny receives a knighthood and Laura Kenny made a dame“. BBC Sport (2021-yil 31-dekabr).
- ↑ „BBC 100 Women 2019: Who is on the list this year?“ (en-GB). BBC News (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
Havolalar
| Vikiomborda „Bethany Firth“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Betani Firth Paralimpiada Irlandiyada (arxivlangan)
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.