Bersim
| Bersim | ||||
|---|---|---|---|---|
| Biologik klassifikatsiya | ||||
| ||||
| Trifolium alexandrinum | ||||
Bersim, misr sebargasi (Trifolium alexandrinum) – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, yem-xashak ekini. Baʼzan koʻkat oʻgʻit uchun ham ekiladi. Misr, Pokiston, Hindiston, AQShda, shuningdek Oʻzbekistonning sholikor hududlarida keng tarqalgan. Bersim oʻqildizli (1 —1,5 m gacha chuqurlikka kiradi) oʻsimlik. Poyasining balandligi 80—100 sm, sershox, toʻgʻri oʻsadi. Barglari mayda, uzun bandda joylashgan. Toʻpgulli yumaloqchoʻziq (uz. 2—4 sm), gullari oq, pushti, sargʻish rangda. Mevasi bir urugʻli dukkak. Urugʻlari yaltiroq sariq rangda (1000 dona urugʻining vazni 2,8—3,5 g). Urugʻi 6— 8° da unib chiqadi. Pichani yumshoq, xushxoʻr. Tarkibida 9,3% protein, 2.4% yog, 46,0% uglevodlar bor. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Kuzda yoki bahorda ekiladi. Urugʻlik ekish meʼyori 12–16 kg/ga. Gullay boshlaganda oʻriladi. Hosildorligi 70—80 s/ga, bir yilda uch-toʻrt bor oʻriladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.