Beriberi

Beriberi (singalcha beri — darmonsizlik), B1, avitaminoz, alimentar polinevrit — ovqatda B1, vitamin (tiamin) yetishmasligi va uning organizmda oʻzlashtirilishi buzilishidan paydo boʻladigan kasallik. 1910—30 yillarda Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda ham qayd qilingan. Bunga asosan oqlangan (kepaksiz) guruch yeyish sabab boʻlgan. Kasallik sababini Yava orolida ishlab turgan gollandiyalik vrach Eykman 1897-yilda aniqlagan. U tovuqlarni suvda pishirilgan toza oqshoq bilan boqqanda shu kasallik roʻy bergan. Ularni guruch kepagi bilan boqqanda esa tuzalgan. Keyinchalik guruch kepagida B1 vitamin borligi aniqlandi.

Kasallik asosan janubiy, Janubi Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Bunda ko'proq periferik nervlar zararlanib (polinevrit), yurak-tomir sistemasi va ovqat hazmi buziladi. Muskullar (ayniqsa oyoq, boldir muskullari) atrofiyasi, shishi kuzatiladi; oyoq muskullari qattiq ogʻriganligi va shishib ketganligi tufayli bemor tovonini ayab, barmoqlariga va oyoq panjasining tashqi chekkasiga tayanib yuradi. Kasallikning oldini olish uchun kepakli javdar va bugʻdoy noni, suli yormasidan pishirilgan ovqatlar buyuriladi. Bemorlar B1 vitamin preparatlari, achitqi, undirilgan bugʻdoy va boshqa bilan davolanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.