Bellatrix Lestrange
| Bellatrix Lestrange | |
|---|---|
| Jonlantirgan(lar) | Helena Bonham Carter |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Jinsi | ayol |
| Oilasi | Black oilasi, Lestrange oilasi (nikoh orqali) |
| Qarindoshlari |
|
| Millati | Britan |
Bellatrix Lestrange (qizlik familiyasi: Black) – J. K. Rowling tomonidan yozilgan Harry Potter kitoblaridagi xayoliy qahramon. U Harry Potter va Alanga kubogidan keyingi romanlarda asosiy salbiy qahramonga aylangan. Harry Potter kitoblarining soʻnggi qismida Rowling uni Lord Voldemortning „oxirgi, eng yaxshi leytenanti“ sifatida koʻrsatgan. Bellatrix kitoblardagi birinchi ajal kasofati[manba kerak](inglizcha:Death Eater) boʻlgan ayol edi. Bellatrix Qora Lordga[manba kerak] oʻta aqidaparastlik bilan qaragan. Ammo qobiliyatidan va uning kuchi ustidan toʻliq nazorat qilishidan qoʻrqqan. U Lord Voldemort kabi sadist (kimnidir qiynashdan rohatlanuvchi), qotil va psixotik xarakterga ega boʻlgan. Bellatrix Lestrange rolini Feniks ordeni (2007) dan Ajal tuhfalari:2-qism (2011)gacha Helena Bonham Karter oʻynagan[1].
Ismi
Uning ismi lotin tilidan „jangchi“ degan maʼnoni anglatadi. Black oilasining koʻplab aʼzolari singari, Bellatrix ham samoviy jismlar yoki boshqa tuzilmalar sharafiga nomlangan. Bellatrix esa Orion yulduz turkumidagi eng yorqin yulduzlardan biri .
Obraz tarixi
Bellatrix Black 1951-yilda Cygnus va Druella (Rosier) Black oilasida tugʻilgan. Bellatrix romanlardagi koʻplab qahramonlar bilan qon va nikoh bilan bogʻliq: uning Narcissa va Andromeda ismli ikkita singlisi bor edi. Sirius Black esa amakivachchasi boʻlgan. U Hogwartsni tark etgandan soʻng Rodolphus Lestrangega turmushga chiqdi, chunki u sof qonli afsungar bilan oila qurishni shart deb bilar edi. Biroq, Rowling intervyusida Bellatrix Voldemortni sevishini aytgan[2]. Andromeda asli Muggle boʻlgan Ted Tonksga erga tekkan, shuning uchun keyinchalik qizlik oilasi boʻlgan Black oilasi undan voz kechgan. Narcissa esa, aksincha, badavlat sof qonli oilaning vorisi Lucius Malfoyga turmushga chiqqan. Shunday qilib, Bellatrix Nymphadora Tonks va Draco Malfoyning xolasi.
Hogwartsda u opa-singillari bilan birga Slytherin fakultetiga qabul qilingan. Romanlarda, talabalik davrida Bellatrix bir guruh talabalar bilan, jumladan, Rodolphus Lestrange, Severus Snape, Averi, Evan Rozier va Uilks bilan yaqin aloqada boʻlgani aytiladi, ularning deyarli barchasi ajal kasofatlariga aylangan. Black oilasining shiori, toujours pur (fransuzcha „doim sof“) qon tozaligiga boʻlgan qatʼiy ishonchni aks ettiradi. Bellatrix Voldemort hokimiyat tepasiga kelganida faol ajal kasofati boʻlgan.
Oila
Manbalar
- ↑ Raynor. „15 Things You Didn't Know About Bellatrix Lestrange“ (en). ScreenRant (2017-yil 11-mart). Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
- ↑ „J.K. Rowling Web Chat Transcript“. The Leaky Cauldron (2007-yil 30-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-iyul.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.