Begoyim Xolbekova
Begoyim Xolbekova— 1962-yil 7-aprelida Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi „Oyim“ qishlogʻida tugʻildi. Andijon Davlat tillar instituti xorijiy tillar fakultetining ingliz-fors tillari boʻlimida tahsil oldi (1979-1984)[1].
Faoliyati
Mehnat faoliyatini Shahrixon shahridagi 4-oʻrta maktabda (1984-1997) boshlab, ingliz tilidan dars berdi. Keyinchalik Andijon shahridagi "Xalqlar Doʻstligi" nomli 1-gimnaziyada oliy toifali ingliz tili oʻqituvchisi (1997-2004), Andijon Davlat tillar instituti xorijiy tillar fakultetida katta oʻqituvchi (2004-2010) vazifalarida xizmat qildi. 2010 yildan Andijon Davlat universiteti xorijiy tillar fakultetida katta oʻqituvchi lavozimida tadqiqotchi-doktorant vazifasida ishlab keladi.Mohir tarjimon sifatida elga tanilgan ijodkor-pedagog. U koʻplab jahon adabiyoti durdonalaridan sheʼriy tarjimalar qilgan. Ayniqsa, uning shotland shoiri Robert Byorns, irland adibi va shoiri Jeyms Joys asarlaridan amalga oshirgan bevosita tarjimalari adabiyotimizni yanada boyishiga hissa qoʻshgan. Benazir ustoz-murabbiy sifatida professor-oʻqituvchilarning, talabalarning hurmatiga, mehr-muhabbatiga sazovor boʻlgan. Talabalarga dars berish bilan birga fakultet qoshida faoliyat yuritayotgan „Yosh tarjimonlar“ toʻgaragiga rahbarlik qilmoqda. Shogirdlari orasidan Davlat stipendiyasi sovrindorlari, isteʼdodli yosh ijodkor tarjimonlar yetishib chiqqan. Badiiy tarjimaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan koʻplab ilmiy-tahliliy maqolalari, tezislari, tarjima asarlari talabalar uchun qoʻllanma sifatida taʼlim muassasalarida, shuningdek Respublika yosh tarjimonlarning mahorat darslarida keng qoʻllanilmoqda. Begoyim Xolbekova ilmiy-adabiy jarayonda, shuningdek mamlakatimizda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarida faol ishtirok etib, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga muayyan hissa qoʻshib kelmoqda.
Asarlari
U Oʻzbekiston Xalq shoirlari Zulfiya va Erkin Vohidov asarlarini originaldan ingliz tiliga tarjima qilib, milliy sheʼriyatimizni dunyoga targʻib etdi. Keyingi yillarda Hazrat Navoiyning eng sara gʻazallarini ingliz tiliga tarjima qilmoqda. Xususan, shoirning 100 gʻazalini asliyatdan ingliz tiliga badiiy tarjima qildi va ularni „From the Treasury of Meanings“ („Maʼnolar xazinasidan“) nomi bilan kitob holida chop ettirdi. Shuningdek, Hazratning qoʻshiqqa aylangan 30 gʻazalini jamlab, „If Beauties were a thousand“ ("Xublar ming bulsalar) nomi bilan ingliz tilida nashr qildirdi. Begoyim Xolbekova „Vatan uchun yashaylik!“, „Eng ulug, eng aziz“ Respublika tanlovlari sovrindori, 2020-yili „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan. U 2020-yil oktyabr oyida Bangladesh Xalq Respublikasining „International Friendship Awards“ („Xalqaro Doʻstlik Mukofoti“)ga munosib koʻrilgan.
Manbalar
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Xolbekova, Begoyim. „B.Xolbekova tarjimalari“ (22-yanvar).
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.