Begonalashuv

Begonalashuv — inson faoliyati va uning natijalari mustaqil kuchga aylanib, inson ustidan hukmronlik va unga yovuzlik qiladigan holatga kirishishini ifodalaydigan ijtimoiy jarayon. Mehnat shart-sharoiti, vositalari va mahsuli ustidan ijtimoiy nazoratning yoʻqligida, shaxsiing hukmron ijtimoiy guruhlar tomonidan aldamchilik yoʻli bilan boshqarish obʼyektiga aylantirilishida namoyon boʻladi. B. kishi ongida muayyan tarzda aks etadi (ijtimoiy meʼyorlarni yot va yovuz meʼyorlar sifatida idrok etish, yolgʻizlik hissi, loqaydlik va boshqalar). B. konsepsiyasining kelib chiqi-shi T. Gobbs, J. J. Russoga borib taqaladi, Gegel tomonidan esa rivojlantirildi. XX asr falsafa, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyasida B.ning ayrim tomonlari tadqiq etilmoqda.

Begonalashuv - inson uning jamiyatdagi o'rni, mavqei va u bajaradigan vazifasi o'rtasidagi azaliy bog'liqliklarning buzilishi. Inson va jamiyat munosabatlaridagi me'yorning buzilishi, insonning o'z mohiyatini belgilovchi xususiyatlardan mahrum bo'lib, jamiyatda o'z o'rnini topolmasligi begonalashuvning tub ildizini, ham sababini, ham oqibatini tashkil etadi. G'arb sotsiologlari sanoatlashgan jamiyatda birdamlik tuyg'usini yo'qolishini (Dyurkgeym), ijtimoiy hayotning formallashuvini (Zimmel), shaxs hatti-harakatlarining me'yoridan oshishini(Merton), insonning mavjud jamiyatga nisbatan tanqidiy munosabatini, mukammalashtirishga bo'lgan qobiliyatini(Fromm) begonalashuv hodisasining yuz berishi deb hisoblaydilar. Begonalashuv tushuncha sifatida tadqiq va tahlilga muhtoj.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Falsafa qomusiy lugʻat. " Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti ". " SHarq " nashriyot — matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent — 2004. 48 bet



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.