Bayramxon

Bayramxon (asl ismi Muhammad Bayramxon ibn Sayf Alibek) (? – 1561-yil, 2-yanvar) – boburiylar davri siyosiy arboblaridan, shoir. Akbarjon otaligʻi (qarang Otaliq). Turkmanlarning qora qoʻyunli urugʻidan. Yoshligida Badaxshonda boburiylar xizmatiga kiradi. 1534-yil muhrdorlik mansabiga tayinlanadi. 1540-yil Shershoh isyoni sababli Humoyun bilan Eronga ketadi va 1545-yil Humoyunning inilari Mirzo Askariy va Komronlardan Qandahor hamda Kobulni qaytarib olish uchun qilingan urushda qatnashadi. Bayramxon shundan soʻng 10 yilcha Qandahorda yashaydi va badiiy ijod bilan shugʻullanadi. 1555-yil „Xoni honon“ (bosh xon) unvoniga sazovor boʻladi. Bayramxon hajga ketayotib Gujarotning Patton degan joyiga yetganda lohani urugʻidan boʻlmish Muborakxon tomonidan oʻldirilib, dastlab Shayx Husomiddin maqbarasiga dafn etilgan, keyinchalik uning xoki Dehliga, 1563-yilda esa Mashhadga keltirilib, Imom Rizo maqbarasi yoniga qoʻyilgan. Bayramxonning turkiy, forsiy tillardagi sheʼrlaridan iborat devoni bizgacha yetib kelgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.