Batut

Batut (batud) (frans. batoude, ital. battuta, aynan — zarba) — toʻrtburchak shaklli, atrofi poʻlat prujinalar yoki rezinalar bilan mahkam tortilgan "sim krovat"ga oʻxshash sakrashga moʻljallangan anjom. Undan akrobatlar, suvga sakrovchilar, gimnastlar foydalanadi. Batutning uzunligi 5 metr, eni 1,5 metr, poddan balandligi 1,2 metr. Batutda sakrash (yakka va sinxron juftlik) — sport turi. AQShda kelib chiqqan. Xalqaro federatsiyaga 1964-yil asos solingan, 40 ga yaqin mamlakat aʼzo (1991). 1964-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekistonga Batutda sakrash (trampolin) yangi sport turi sifatida 1972-yil kirib kelgan. 1984-yil Toshkentdagi 3-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ilk bor Batut boʻlimi ochildi. T. Miroqilov Batutdan birinchi sport ustasi boʻldi (1981). Oʻzbekistonlik D. Polyarush oʻsmirlar oʻrtasida Yevropa chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi (1987). Yana besh marta shu qit'a birinchiligi gʻolibi boʻldi. 1990-yil Germaniyada boʻlgan jahon chempionatida 2 oltin va 1 kumush medal oldi, 1997-yil esa Kanadada ikkinchi marta jahon kubogini qoʻlga kiritdi. Sportning ana shu turida erishgan muvaffaqiyatlari uchun D. Polyarush xizmat koʻrsatgan sport ustasi, N. Jihareva (N. Aydinova) "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan trener" unvoniga sazovor boʻlgan (1991).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.