Batiskaf

Batiskaf (yunoncha bathus — chuqur va skaphos — kema) — chuqur suv ostida okeanografik va boshqa tadqiqotlar olib borish uchun moʻljallangan oʻzi yurar apparat. Suvdan yengil suyuqlik (benzin) toʻldirilgan korpus va poʻlat shar (gondola)dan iborat. Korpusida ballastli sisternalar va akkumulyatorlar batareyasi bor. Gondolasida batiskaf ekipaji (1 — 3 kishi), boshqarish apparatlari, havo almashtirish tizimi, radiostansiya, ultratovush telefoni, televizion kamera va ilmiy tadqiqot asboblari boʻladi. Tashqarisiga yoritqichlar va eshkak vintli elektr dvigatellar oʻrnatiladi. Zamonaviy Blar grunt namunasini oladigan qurilmalar, fotoapparatura va suv osti ishlarini bajarish uchun masofadan turib boshqarish manipulyatorlari bilan jihozlanadi. Qattiq ballast (odatda, poʻlat pitralar)ni tashlab yuborish va manevr sisternasidan benzinni toʻkish yoʻli bilan batiskafning suzuvchanligi rostlanadi. Dastlabki batiskaf (FNRS-2)ni Shveysariya olimi O. Pikkar 1948-yilda yasab, sinab koʻrgan. O. Pikkar ugʻli Jak bilan 1953-yilda "Triyest" batiskafida 3160 m chuqurlikka tushgan. J. Pikkar va D. Uolsh 1960-yilda takomillashtirilgan "Triyest" B.ida Tinch okeandagi Mariana botigʻining eng chuqur (taxminan 11 ming m) joyiga tushishgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.