Barlos
| Barlos | |
|---|---|
|
Barlos urugʻining vakillaridan biri Amir Temur (Gerasimov tomonidan tiklangan yuz koʻrinishi) | |
| Eski nom(lar)i | بارلاس-بورجیگین |
| Kelib chiqish uyi | Borjigin |
| Asoschisi | Qorachor Barlos |
| Hudud | Markaziy Osiyo |
| Mashhur vakillari | Amir Temur, Bobur |
| Hukmdor unvonlari | amir, xon, podishoh, koʻragon, mirzo, bek, gʻoziy, sulton, shayx |
| Hukmronlik davri | 1370—1858 |
Barlos (Barulas, Ballos) — turkiykirgalar tarkibiga kirgan qabilalardan biri. XIII asr 2-yarmida Ili daryosi boʻylaridan Qashqadaryo vohasiga koʻchishgan. XIV—XV-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. Amir Temur barlos qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi Temuriylar va Boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. XIX asrda birgina Dehli shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar oʻzbek tilining qorluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.
Barloslar Kesh (hozirgi Shahrisabz) hududini nazorat qilgan va uning barcha nasl-nasabi shu hudud bilan bogʻlangan[1]. Koʻchmanchi boʻlib qolgan qoʻshni qabilalarning aksariyatidan farqli oʻlaroq, barloslar oʻtroqlashgan qabila edi[2]. Oʻrta Osiyoning tub aholisi bilan keng aloqalar tufayli qabila islom dinini hamda arab va fors tillarining kuchli taʼsirida boʻlgan qarluq tarmogʻiga mansub turkiy chagʻatoy tilini[3] qabul qilgan edi.
Barloslarning bir guruhi Temuriylar va Boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. XIX asrda birgina Dehli shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar oʻzbek tilining qarluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.
Tarixi
Barloslar haqida Rashididdinning Oltin daftar kitobida, „Moʻgʻullarning maxfiy tarixi“ kitobida baʼzi maʼlumotlar uchraydi. Rashididdining fikricha, barloslar nirun moʻgʻullarning Borjigin urugʻidan tarqalgan. Rashididdinning yozishicha, barlos etnonimi Chingizxon davridan beri mavjud boʻlib, Chingizxon oʻgʻli Chigʻatoyga 4 000 kishilik qoʻshin ajratganida, ularning koʻpchiligi barlos urugʻidan boʻlgan. Moʻgʻul tilidan tarjima qilinganida barlos soʻzi yoʻgʻon, kuchli deb tarjima qilinadi. Abulgʻozixon fikricha esa, barlos soʻzi sarkarda degan maʼnoni beradi.
Oʻzbek barloslari yuqori maqomga ega edilar. Ular barlos haqida „mardikorga bormas“ (yaʼni, u kunlik ishchi sifatida ishlashga ketmaydi) deb aytishgan. Sariosiyo viloyatining Oʻrta Koʻruk qishlogʻidan boʻlgan eski oʻzbek Barlos Botir boboning aytishicha, barlosni hech kim mardikorllikka undashi mumkin emas va barloslarning oʻzlari bu ishlarda qatnashishni uyatli deb bilishadi[4].
Barlos lahjasi oʻzbek tilining qarluq-chigil shevasiga tegishli boʻlib, koʻplab xususiyatlari bilan oʻzbek tilining shahar lahjalariga yaqin turadi[5].
Manbalar
- ↑ B.F. Manz, The rise and rule of Tamerlan, Cambridge University Press, Cambridge 1989, p. 156–7.
- ↑ Gérard Chaliand, A Global History of War: From Assyria to the Twenty-First Century, University of California Press, California 2014, p. 151.
- ↑ G. Doerfer, "Chaghatay Archived November 18, 2007, at the Wayback Machine", in Encyclopædia Iranica, Online Edition 2007..
- ↑ Karmysheva B. KH. Ocherki etnicheskoy istorii yuzhnykh rayonov Tadzhikistana i Uzbekistana. Moskva, 1976, S. 182.
- ↑ Dzhurayev T. Uzbekskiye dialekty Verkhney Kashkadar’i. Tashkent, 1969. S. 74.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
- Oʻzbek qabila va urugʻlari(Wayback Machine saytida 2014-08-19 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2014-08-19 sanasida arxivlangan)
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.