Balujiston
Balujiston urducha: بلوچستان
baluj. بلوچستان
inglizcha: Balochistan — Pokistonning janubiy-gʻarbidagi viloyat. Balujiston tarixiy viloyatning 1947-yilda Pokiston tarkibiga kirgan sharqiy qismi. Maydoni 347 ming km². Aholisi 4,6 mln. kishi (1983). Maʼmuriy markazi — Kvetta shahri Shimolda Afgʻoniston, gʻarbda Eron, sharqda Pokistonning Sind va Panjob, shimoliy-sharqda Shimoliy-gʻarbiy viloyat bilan chegaradosh, janubda Arabiston dengiziga tutash. Yer yuzasining katta qismini oʻrtacha balandlikdagi (2000 m gacha) va baland togʻlar egallagan. Eng shim.da Tobakakor (3096 m) togʻ tizmasi joylashgan. Bu togʻlardan janubga Makron togʻlari choʻzilgan. Eng baland joyi 3593 m. Dengiz boʻyi kambar pasttekislik. Viloyatning gʻarbiy qismidagi botiqlarda shoʻrxoklar, shoʻr koʻllar bor. Daryolari mayda, mavsumiy. Balujiston Alp-Himolay faol seysmik mintaqasida joylashgan. temperatura yanvarda tekisliklarda 8—16°, iyulda 24 — 32°. Togʻlarda qish sovuq, sershamol. Yillik yogʻin 100 – 200 mm, koʻp qismi dekabr va fevral oylarida yogʻadi. Tuproqlari subtropik mintaqaga xos boʻz tuproq, shim.-gʻarbida choʻl qoʻngʻir, shoʻr, qum tuproqlar. Choʻl qismida saksovulzor va butazorlar bor. Togʻ yon bagʻirlari siyrak oʻrmon, butazor. Aholisi balujlar bilan pushtular. Q. xda yaylov chorvachiligi yetachi oʻrinda (qoʻy, echki, tuya boqiladi). Togʻ oraligʻidagi vodiylarda voha dehqonchiligi bilan shugʻullaniladi, tekislik yerlarda don yetishtiriladi. Oltingugurt, osh tuzi, qungʻir koʻmir, tabiiy gaz qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik, sement, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Dengiz boʻyida baliq ovlanadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qoʻlda gilam toʻqish, yogʻoch buyumlar yasash, kashta tikish va boshqa Kvetta shahrida meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.