Balanit
Balanit, balanopostit (yunoncha balanos — jinsiy olatning bosh qismi; itis; balanoposthitis) — jinsiy olat (zakar) bosh qismi terisi (balanit) va chekka kertmagi ichki qavatining yalligʻlanishi boʻladi (balanopostit). Koʻproq bolalarda olat boshi qisilib, chiqmay qolgan hollarda kuzatiladi (qarang Fimoz). Birlamchi va ikkilamchi balanit uchraydi. Olat chekka kertmagining kambar boʻlishi, unda siydik tomchisi yoki smegma toʻplanib qolib, unga mikroblar tushishi, shuningdek uretrit, qandli diabet kasalligi va boshqa natijasida vujudga kelishi mumkin. Soʻzak, zaxm asoratlari, fimoz ham balanitga sabab boʻladi. Olat boshi sohasi shishib, qizaradi, maddalaydi, achishish, qichishish alomatlari paydo boʻlib, bu ayniqsa bemor siygandan keyin zoʻrayadi. Lohaslik, bosh ogʻrigʻi, haroratning koʻtarilishi, baʼzan chov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Balanitning oddiy, diabetik, gangrenoz, halqasimon, eroziyali, yiring-yarali xillari bor. Kasallikning ilk alomatlari paydo boʻlganda, darhol urolog-vrachga (siydik-tanosil aʼzolari mutaxassisi) uchrashish zarur. Kasallikning kechishi va xiliga qarab davo tayinlanadi, asosan yalligʻlanishga qarshi dorilar(antibiotiklar, dezinfeksiyalovchi eritmali vanna va boshqalar) buyuriladi. Ogʻirroq hollarda jarrohlik usuli qoʻllanadi. Balanitning oldini olish uchun oʻgʻil bolalar gigiyena qoidalariga amal qilishlari, tibbiy koʻrikdan oʻtish, agar fimoz boʻlsa, oʻz vaqtida davolatishlari lozim boʻladi[1].
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.